ABORDAJ

ABORDAJ (frans. abordaqe, bord — kema borti — qiri) — eshkakli va yelkanli kemalar bir-biriga yaqin kelganda, ikkala tomon askarlarining kemalarga oʻtib, yuzma-yuz jang qilish usuli (19 – a. gacha). Abordaj usuli eshkakli qayiqlar bilan ham katta kemalarga nisbatan odatda tunda qoʻllanilgan. Artilleriyaning uzoq, masofaga oʻq uzish va tez otish qobiliyati kuchayishi, tez-yurar kemalarning paydo boʻlishi tufayli Abordaj oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.