ABOLITSIONIZM

ABOLITSIONIZM (lot. abolitio – yoʻqotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat;

2) negrlarni Kullikdan ozod qilish harakati. Abolitsionizm 18 – a. da AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada paydo boʻlib, 19 – a. ning 1 – yarmida avj olgan. qarshi targʻibotni kuchaytir-dilar. Abolitsionizm ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861—65 y. larda AQSHda boʻlib oʻtgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol oʻynadi. Bu urush natijasida AQSH jan. dagi quldorlikka chek qoʻyildi;

3) Buyuk Britaniya, Fransiya va b. ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi kuldorlikni bekor kilish uchun olib borilgan kurash harakati.