ABO

ABO (arab. — jun mato) — erkaklarning uzun ustki kiyimi (kalta yeng, paxtasiz, avrasi jun yoki ip matoli). Qadim Sharkda uni koʻpincha qalandar va darvishlar kiygan. A. Turkistonga islom dinining tarkalishi natijasida kirib kelgan. U toʻn maʼnosida 7 – a. dan maʼlum. Abo nomi turkiy adabiyotda 14 – a. shoiri Sayfi Saroyining «Guliston» asarida kiyim maʼnosida tilga olingan. Bu kiyimni 14—15 – a. larda yuqori tabaqa kishilari kiygan. 20-a. ning 20 – y. larigacha Samarqand va Buxoro amaldorlari kimmatli gazlamalardan kashta tikib, toshlar qadab bezatilgan Abo kiygan. Aboning noyob namunalari muzeylarda saqlanmoqda. 20-a. ning 70—80 – y. laridan sanʼatkorlarning sahna kiyimi sifatida kiyishi urf boʻldi.