ABLYATSIYA

ABLYATSIYA (qad. lot. ablatio — olib ketmoq) — 1) qaynoq gaz oqimining qattiq jism sirtidan moddalarni sidirib ketishi (eroziya, sublimatsiya, erish tufayli). Kosmik apparatlar va eltuvchi raketalarning bosh qismlari atm. ga kirganda ularni himoya qilish tadbiri, shuningdek raketa dvigatellari kameralarining sovitilishi Ablyatsiyaga asoslanadi;

2) muzlik yoki qor qoplamining erishi, buglanishi yoki mexanik parchalanishi (shamol uchirishi, aysberglarga ajralishi va h. k.) natijasida massasining kamayishi. Asosan iqlimiy omillarga bogʻliq. Namoyon boʻlishiga qarab Ablyatsiyaning 3 ta turi farq qilinadi: muz osti, ichki va yuza A. Muz osti Axi Yerning ichki issiqligi muz ostiga chiqishidan, ichki Ablyatsiya muzning ishqalanishi, suv va havo sirkulyatsiyasi natijasida, yuza Ablyatsiya esa asosan quyosh radiatsiyasidan vujudga keladi. «A» atamasi baʼzan «yuza qatlamning yuvilishi» sinonimi sifatida ishlatiladi.