ABLAYXON

ABLAYXON (? – 1781) — kozoqlarning Oʻrta juz (Oʻrda) sultoni, xoni (1771-y. dan). 1740-y. dan Rossiya fuqaroligiga oʻtishga majbur boʻldi va Rossiya bilan savdo munosabatlari olib bordi. Oʻrta juz, qisman Katta juz qozoqlarini, qirgʻizlarning baʼzi urugʻlarini oʻz hukmronligi ostida birlashtirishga erishdi.