ABKAYK

ABKAYK — Saudiya Arabistoni sharqiy qismidagi shahar. Aholisi qariyb 10 ming kishi. T. y. stansiyasi. Yaqin Sharqda neft qazib olinadigan muhim markazlardan (q. Fors qoʻltigʻi neft-gaz havzasi). A. dan turli tomonga 6 ta magistral neft quvuri tortilgan, jumladan Arabiston ya. o. ni kesib oʻtuvchi «Taplayn» neft quvuri Livanning Sayda sh. gacha boradi. Neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda; oltingugurt ishlab chiqaruvchi z-d bor.