ABISSAL YOTQIZIQLAR

ABISSAL YOTQIZIQLAR — hoz. zamonda Tinch, Atlantika va Hind okeanlari tubining katta (90%) qismida hosil boʻlgan choʻkindilar. Bunday yotqiziklar koʻpincha 3 km dan ortiq chuqurlikda oksidlanish muhitida paydo boʻladi. Abissal yotqiziqlar: 1) mayda hayvon organizmlarining skletlaridan;

2) quruqlikdan shamol yoki dengiz oqimi natijasida keltirilgan mineral zarrachalardan, suv osti va suv usti vulkan jinslaridan, kosmik changlardan tashkil topadi. Suv organizmlarining okean tubida tezda parchalanib ketishi uchun kimyoviy sharoit boʻlmasa, u holda organik balchiqlar hosil boʻladi. Lekin organizmlar okean tubida kam boʻlsa yoki oksidlanish muhitida ularning skeletlari tezda erib ketsa, u holda koʻproq anorganik mineral yotqiziqlar vujudga keladi. Agar bu yotqiziklar tarkibida temir boʻlsa, temirning oksidlanishi natijasida loy choʻkindilari qizil rangga boʻyaladi.