ABIOGENEZ

ABIOGENEZ (yun. a — inkor qoʻshimchasi, bio… va genesis — kelib chiqish, paydo bulish) — tirik tabiatda mavjud boʻlgan organik birikmalarning organizm ishtirokisiz nobiologik yoʻl b-n hosil boʻlishi. Keng maʼnoda Abiogenez — tirik mavjudotlarning paydo boʻlishi, yaʼni hayotning vujudga kelishi haqidagi zamonaviy nazariyadir. Abiogenez toʻgʻrisidagi eng qad. tushunchalar juda sodda boʻlib, tirik mavjudotlar anorganik yoki organik ulik moddalardan oʻz-oʻzidan paydo boʻladi, degan farazga asoslangan edi. Tirik mavjudotlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi tushunchalarga 1861-y. da L. Paster uzil-kesil zarba berdi. Ammo Abiogenez toʻgʻrisidagi zamonaviy nazariya organik moddalarning anorganik moddalardan sintezlanishi, pirovard natijada hayotning Abiogenez orqali paydo boʻlishini inkor etmaydi, Abiogenez Oparin va b. koʻpgina olimlarning fikricha, Yerda hayot uzoq davom etgan kimyoviy jarayonlar natijasida Yer taraqqiyotining muayyan boskichida paydo boʻlgan. Qad. geologik davrlarda Yerdagi sharoit (t-ra, atmosfera tarkibi, nurlanish) organik moddalarning Abiogenez sintezlanishi uchun qulay boʻlgan. 20 – a. oʻrtalarida oqsil va b. organik birikmalarning Yerning qad. geologik davrlardagi sharoitida abiogen yUl bilan sintezlanishi tajribada isbot etildi (q. Hayot, Biogenez).