ABZALOV Rem Abzalovich

ABZALOV Rem Abzalovich (1914 — Toshkent — 1983) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Oʻqchi rotaga komandirlik qilgan (1942—45). Abzalovga Vengriyada, 1944-y. ning okt. oyida Dunay boʻyidagi Dunapatay r-ni uchun boʻlgan janglarda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan. Urushdan soʻng Toshkentga qaytgach, tuman harbiy komissariatida (1945—60), Toshkent elektrotexnika texnikumida (1969) ishlagan. Toshkentdagi Harbiylar qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.