ABJALILOV Xalil Galiyevich

ABJALILOV Xalil Galiyevich (1896.17(29) 9 – 1963.18.3) — tatar aktyori. Aktyorlik faoliyatini «Shirkat» truppasida (1916) boshlagan. Orenburgda «Sharq teatri»ga asos soldi (1919). 1920—23 y. larda Buxoro va Xivada oʻzbek havaskor teatrlarini tuzishda katnashdi. 1928-y. dan Sh. Kamol nomidagi teatr (Qozon)da ishladi. Xalil (Sh. Kamol, «Qargʻa inida»), Xoʻja Nasriddin (Isanbet, «Xoʻja Nasriddin»), Hofiz (Battol, «Roʻmolga bitilgan maktub»), Qirol Lir (U. Shekspirning shu nomli asari) kabi yirik rollarni ijro etgan. Abjalilov 1924—27 y. larda oʻzbek ki-nostudiyasi filmlarida qatnashgan.