ABERRATSIYA

ABERRATSIYA, biol. da — 1) morfologiya va fiziologiyada — odatdagi tuzilish va funksiyalardan, yaʼni normadan chetga chiqish;

2) genetik a d a — xromosomalar tuzilishining oʻzgarishi. Aberratsiya tabiiy va eksperimental yoʻllar bilan vujudga keladi. Aberratsiya ikki xil — bitta xromosomada yoki xromosomalararo sodir boʻlishi mumkin. Birinchi holda xromosomaning maʼlum qismi tushib qoladi, juftlanadi yoki ulardagi genlarning joylanish tartibi oʻzgaradi, ikkinchi hodsa nogomologik xromosomalarning maʼlum qismlari oʻzaro oʻrin almashinadi.