ABERDIN

ABERDIN — Buyuk Britaniyadagi shahar, Shotlandiyada. Grampian r-nining maʼmuriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shim. dengiz boʻyidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. Toʻqimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, un-t (1494), gotika sobori (1336—1522) bor. 12—14 – a. larda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi.