ABEOKUTA

ABEOKUTA — Nigeriya jan.sharqidagi shahar. Ogun daryosi boʻyida. Ogun shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 396 ming kishi (1993). T. y. va shosse yoʻllartuguni. Q. x. mahsulotlari (palma moyi, kola yongʻogʻi, kakao, sitrus oʻsimliklar, banan) yetishtiriladigan viloyatning savdo markazi. Sement, oziqovqat va b. korxonalari bor. Qoʻlda gazlama toʻqiladi.