ABELYAR

ABELYAR (Abelard) Pyer (1079-1142) — fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. Abelyar har bir hodisani koʻr-koʻrona eʼtiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targʻib etganligi uchun cherkov vakillarining gʻazabiga duchor boʻlgan. Abelyar «ha va yoʻq» asarida xristian din i nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qaramaqarshi ekanligini ochib bergan. Abelyar taʼlimoti 1121 va 1140-y. lardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy (umumiy tushuncha) tabiati haqidagi munozarada keyinchalik konseptualizm deb atalgan taʼlimotni rivojlantirdi. Abelyarning Eloizaga boʻlgan fojiaviy muhabbati oʻzining «Mening koʻrgan-kechirgan musibatlarim» avtobiografik asarida bayon etilgan.