ABEL

ABEL (Abel) Nils Genrik (1802.5.8 — 1829.6.4) — norveg matematigi. Abel 5 darajali umumiy tenglamalarning radikallardagi yechimlarini tekshirib, darajasi 5 va undan yuqori boʻlgan harfiy umumiy tenglamalarning radikallarda yechimi yoʻqligini isbotladi. K. Yakobi b-n bir katorda elliptik funksiyalar nazariyasiga asos soldi. Abel keyinchalik oʻz nomi bilan atalgan integrallarni tekshirdi. Mat. da koʻp tushunchalar Abel nomi bilan yuritiladi. Mas, Abel guruhi, Abel almashtirishi, A. qatorlari va h. k. Funksiyalar nazariyasi, funksiyalarni interpolyatsiyalash nazariyasi, funksional tenglamalar va sonlar nazariyasida A. sezilarli iz qoldirgan.