ABELIYA

ABELIYA (Abelia) — shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi bor. Guli yirik, bir oz qiyshiq (zigomorf): kosachasining naychasi tuguncha bilan tutashgan, qayta-qisi 2—5 boʻlmali, changchisi toʻrtta. Mevasi quruq, bir chanoqli, yakka urugʻli, uchida kosachaning qaytaqisi saqlangan. Oʻrta Osiyoda Abeliyaning aso-muso (A. corymbosa) turi uchraydi.