ABDUHAKIMOV

ABDUHAKIMOV Qulijon (18761968, Buxoro) — rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan oʻrgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat koʻrsatgan. Abduhakimov yasagan badiiy buyumlar Oʻrta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va feruza koʻzli zulfin diqqatga sazovordir.