ABDUGʻAFUROV Abdurashid Xoʻjayevich

ABDUGʻAFUROV Abdurashid Xoʻjayevich — (1931.1.15, Toshkent) — adabiyotshunos, matnshunos. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filol. Fanlari d-ri (1970), prof. (1979). Oʻrta Osiyo davlat un-tining filol. f-tini tamomlagan (1951). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-76; 1981-92), boʻlim mudiri (1992-y. dan). Oʻzbekiston FA Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—81). Abdugʻafurovning oʻzbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan «Oʻzbek demokratik adabiyotida satira» (1961), «Navoiy satirasi» (1-jild, 1966), «Navoiy ijodida satira» (2-jild, 1972), «Zokirjon Furqat» (1977) kabi yirik monografiyalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).

As: Qalb qaʼridagi qadriyatlar, T., 1999; Muhammad Rizo Ogahiy, T., 1999.