ABDUGʻANIYEV

ABDUGʻANIYEV Otagʻiyos (1859-1927) — buxorolik tanburchi. Shashmaqom cholgʻu yoʻllarini puxta egallab, har bir maqom kuyini oʻziga xos uslubda ijro etgan. 1920-y. dan Abdugʻaniyev Buxoro Sharq musiqa maktabida Shashmaqom cholgʻu (tanbur) yoʻllaridan dars bergan. 20-y. larning boshlarida Abdurauf Fitrat tashabbusi tufayli Abdugʻaniyev ijrosidagi Shashmaqom cholgʻu yoʻllari ilk marta notaga yozib olinib, nashr etilgan.