ABDURAHMON I

ABDURAHMON I (731/734-788) — Qurtuba amiri (756-y. dan). Pirenei ya. o. dagi Arab amirligi va Qurtuba umaviylari sulolasi asoschisi. Mamlakatda hokimiyatni markazlashtirish siyosatini olib borib, ichki nizolarga qarshi kurashgan, qabilalar isyonlarini beayov bostirgan (yana q. Qurtuba xalifaligi).