ABDURAHIMBIY

ABDURAHIMBIY, Abdurahimxon (1700—1733, Xoʻjand) — Qoʻqon xoni (1721—33). Ming sulolasidan. Shohruxbiy oʻgʻli. 1725-y. Buxoro xonligining zaiflashganidan foydalanib, 20 ming kishilik qoʻshin bilan Xoʻjandni, 1726-y. esa Oʻratepani, 1732-y. Samarqandni egallagan. Shahrisabz hokimi Olimbek valineʼmaning (boshqa manbalarga koʻra Ibrohim otaliq kenagasning) qizi Oychuchuk oyimni oʻz nikohiga olgan. Shahrisabzlik kenagaslar bilan ittifoq tuzib, A. Samarqandda olti oy turgach, Fargʻonaga qaytgan. 1733-y. suiqasd natijasida oʻldirilgan. Abdurahimbiy oʻlimidan soʻng Qoʻqon xonligi zabt etilgan hududlardan ajragan.

Abdurahimbiy davrida Qoʻqonda qalʼa qurilgan boʻlib, u hoz. «Eski qoʻrgʻon» deb ataladi.

Ad.: Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; I brat, Fargʻona tarixi, T., 1991.