ABDURASHIDOV

ABDURASHIDOV Komiljon (1937, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona ped. in-tining filol. f-tini tugatgan (1967). Mehnat faoliyati 1956-y. dan boshlangan. Paxtaobod tumanidagi 25-maktabda oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari, direktor. 1973-y. dan Oltinkoʻl tumanidagi 22-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Abdurashidov darslarni koʻrgazmali qurollar, texnik vositalar yordamida tashkil etgan.