ABDURASULOV

ABDURASULOV Mamajon (1927, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻi) — Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika in-tining boshlangʻich taʼlim metodikasi f-tini tamomlagan (1963). 1950-y. dan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41 – maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 y. dan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va b. mamlakatlarda keng ommalashtirilgan.