ABDURASULOV Joʻra Majidovich

ABDURASULOV Joʻra Majidovich (1921.5.8 – Toshkent – 1990.9.10) – rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari d-ri (1952), prof. (1954). Sam-MI rentgenologiya kafedrasining dotsenti (1948— 51), 1952-y. dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tining kafedra mudiri, Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. in-ti direktori (1958—76). Abdurasulovning asosiy ilmiy ishlari ultratovush diagnostikasi, toʻgʻri ichak rakining rentgenodiagnostikasi va koʻp sonli rak kasalligi muammolariga oid. U rakka qarshi va radiologiya sohasidagi xalqaro anjumanlarda qatnashgan.