ABDURAIMOV Birodar Hasanovich

ABDURAIMOV Birodar Hasanovich (1943.14.5, Toshkent) — futbolchi, «Paxtakor» (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960—68, 1970—74), sport ustasi (1962), «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi» (1994). 1972-y. mavsumda 1-tabaqa rekordini oʻrnatgan (34 toʻp). Rasmiy musobaqalarda jami 210 ta toʻp kiritgan. Abduraimov rahbarligida «Navbahor» jamoasi Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan (1992). Abduraimov Xirosima (Yaponiya)da 12Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan (1994) Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan (R. Akramov bilan birga).

1995-y. dan «Zarafshon» (Navoiy sh.), 1999-y. dan «Surxon» (Termiz sh.) futbol jamoalari ustozi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1994).