ABDURAZZOQOV

ABDURAZZOQOV Abdujabbor (1932, Bekobod sh. — 1995, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Fizika-mat, fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1956). Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida, Toshkent politexnika in-tida, Moskva yaqinidagi Dubnada joylashgan Yadro tadqiqotlari Birlashgan in-ti (YATBI) da ishlagan (1958—72). ToshDU fizika f-ti dekani (1972—80), kafedra mudiri (1968—95), ToshDU oʻqituvchilar malakasini oshirish f-ti dekani (1980—88). Ilmiy ishlari yadro spektroskopiyasiga oid. YATBI da — oʻzi yaratgan beta-spektrograflar majmui asosida muhim natijalar olgan. Qisqa yashovchi 100 dan ortiq neytroni yetishmaydigan yadrolarni oʻrgangan, 25 dan ortiq yadroning parchalanish tuzilmasini taklif qilgan, 8 ta yangi izotopni kashf etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1978).