ABDULHAMID II

ABDULHAMID II (1842.21.9 — 1918.10.2) — Turkiya sultoni (1876— 1909). U 1876-y. dek. da «Yangi Usmonlilar» jamiyati bilan bogʻliq liberal guru8lar rahbari Midhat posho boshchiligida oʻtkazilgan saroy toʻntarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida qattiqqoʻlligi bilan nom chiqargan. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham salbiy yoʻl tutdi. U doimo Gʻarb davlatlariga yon bosdi. Buning natijasida mamlakat yarim mustamlakaga aylanib qoldi. 1903-y. da Germaniya mashhur Bagʻdod t. y. ni qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909-y. A. IIga qarshi bosh koʻtarib, uni taxtdan tushirdilar. Abdulhamid II mahbuslikda vafot etdi.