Tovuq sovuqda tovoqdagi qovoq qoldiqlarini qoqlab qoʼydi.

Uyning oʼrtasidagi uch oʼrdakning uchchovi xam choʼchib ketib, uchib ketdi.

Gʼozlar gʼoyatda gʼazablanishganda albatta alamlaridan gʼaqqillashadi.

Xoʼrozlar xar xolda qattiq qichqirganlaridan qattiq xijolat chekadilar.

Sigirning suti sifatli boʼlsa, salomatlikka foydali boʼladi.

Аgar angor echki sutini dangal ichib tursangiz, boʼladi sogʼlom yursangiz.

Qoʼradagi qora qoʼchqor qoʼyni Qodir qassob qantarib qoʼydi.

Xoʼkiz xashakni xidlab xididan xolsizlandi.

Tuyaqush boyaqish toʼtiqushni qanday qushligini bilmasdi.

Taka — toqqa yurganda yuragi taka-puka.

Echkilarni serkasi — sergoʼsht va sersut echkilar ichidagi erkasi.

Buzoq uzoqqa yugurib, tuzoqqa tushdi.

Novvos yuvvosh emas.

Jajji joʼjalar joylaridan jilmadilar.

Qoʼzichoq — koʼzlari munchoq ovunchoqni vaqti choq.

Kaptar xaqidagi gaplar daftarda.

Bedanani boqqaning bilan baribir begona.

Kanareyka kalta reykali katta katakda.

Toʼtiqush tutqundagi toʼrtta qushni tutib turilishini tushunmadi.

Quyon bundan buyon barcha qilmishlarini qiladi bayon.

Tozi itni toza terisini tuklari rosa toʼzidi.

Ola mushuk bilan qora mushukni oʼrtasidan oʼnta mushuk oʼtib ketdi.

Kurka koʼrkamligini koʼz-koʼz qilib, koʼrikka kelgan kabi qiliq qilardi.

Eshak eshakning xangrashini eshitsa, eshak ekanligini eslarkan.

Xoʼdik xadik bilan xavfsirab turgandek edi.

Otdan ataylab otini soʼrasalar, «otim ot» deb mot qildi.