Burgut Urgut togʼida turib Surgutni esladi.

Qirgʼiy — qora qoyadan qoqilib yiqildi irgʼiy-irgʼiy.

Lochin — nima uchun boʼlganda yogʼin-sochin, toʼplab bor kuchin, qoyalarni qilar chil-parchin?

Qargʼa — qarang qiziq, tumshugʼida tilla sirgʼa.

Chumchuq — tariq ekdim — chiqdi uchuq — bu chumchuq qoʼrqinchli nechuk.

Musicha — muloyim mushtipar xozircha.

Kaptar — uni koʼkdan axtar.

Qaldirgʼoch — simyogʼochdan qayragʼochga qoʼndi, chunki och.

Laylak — falakda joni xalakda, kapalakni ertalab ataylab chaynab tashladi.

Chittak — chetga chiqib choʼchib uchib ketdi.

Turna — turli tuman turlanib turardi.

Jiblajibon — jajji polaponlariga juda mexribon.

Mayna — mana yana meni mayna qildi.

Boyoʼgʼli — dogʼuli, uning qilmishi badkirdorlikdan iborat edi (qaysidir filьmdagi jumla…)

Ukki — oʼquvsiz ekan, baxosi ikki.

Koʼrshapalak — koʼrligini koʼrsatmaslik uchun kechasi koʼkka koʼtariladi.

Xakka — xavf-xatar xolatida koʼtariladi yakka falakka.

Chugʼurchuq — chugʼur-chugʼur qilib, choʼchib, qoʼgʼirchoqni choʼqib qochdi.

Bulbul — xar tugul baribir bugun bu gulning guliga qoʼnib ulgurdi.

Zagʼizgʼon — nogaxon qozonga yaqin borib, boʼldi jizgʼon.

Soʼfitoʼrgʼay — soydagi toʼqayda sayrab yoʼrgʼalab turib, samoga toʼgʼri uchdi.

Toʼtiqush Аra — toʼxtatishsa toʼxtab turib qara.

Pustelga — patlari bir pasda pastga toʼkilgan.

Koʼk kaptar — koʼp kaptar.

Аlbatros — albatta Elьba daryosida boʼlgani roʼyi-rost.

Balaban — baxaybat va baquvvat boʼlgani bois, boshqalardan boʼyi-basti baland.

Baklan — baribir bu qushdan saqlan.

Galstuchnik — galstuk taqib galma-galdan uchadi.

Grif — koʼpincha koʼtarilib koʼrib, keyin koʼlga ketadi.

Drozdlar — bir ozdan keyin oz-ozdan parvozda boʼldilar.

Kanareyka — qoʼnishi uchun qani reyka?

Kondorni — kimdir qandaydir soʼndirdi yoki sindirdi.

Korshunь — qani qarshinga qoʼnib koʼrsin.

Oqqush — boyaqish oqish qush.

Remez — semiz emas.

Snegir — sen sanaganda senikidir.

Chechetka — chakalakzordan bir chetga uchib chiqdi.

Kakku — koʼklam kelganda koʼproq kukulaydi.

Kolibri — gulbargdagi kulbasiga kirib kulaberdi.

Flamingo — xali senga, xali menga oʼynar «Tango».

Orlando — boshqalarga qaraganda xayronda.

Fregat — tropik, subtropik iqlimda yashashi faqat xaqiqat.

Chayka — Chukotkaning chekkasida chayqala-chayqala choʼkayotgandi.

Burevestnik — burilishgacha burgut bilan birga borsa boʼlmasmi?