Timsoz tinimsiz soxilda timirskilanardi.

Yoʼlbars yoʼldagi barcha yoʼlovchilarga yoʼliqdi.

Fil faqat bir yil xilma-xil xosillarga osildi.

Ovchini zoʼri boʼrini — quritadi shoʼrini.

Tulki tulak boʼlgandir balki.

Tipratikonni tikonlari tippa-tik ekan.

Olmaxon bemaxalda bemalol olmalarni xonasiga joylamoqda.

Jirafani sharafi bois boʼyniga bolalar sharfini bogʼlandi.

Begemot pulemetdek borib, boshqa begemotlarni mot qildi.

Qoplon toʼpolon qilganlarga qattiq «raxmati kalon» dedi.

Ilon ilgari biron on yomon xayvon boʼlmagan.

Maymun qattiq qiliq qilib maydondagilarni mayna qildi.

Bugʼu bugʼdoyga bukib boʼgʼildi.

Аyiq qayiqdan xayiqmay suvda suzib borardi.

Toʼngʼiz yolgʼiz tinimsiz kunduzi toʼngʼillardi.

Kiyik shu kuyi kuyib, kuylab ketaberibdi…

Yumronqoziq — yumalab yurib oʼziga oziq axtardi.

Zebra zarbaning zoʼrligidan zararlanib zoʼrgʼa yurardi.

Аnakonda ana shunda ana shu konda bir onda ushlandi.

Kalamush margumushni xam xatto pisand qilmasmish.

Sichqon qopqonga tushadi qachon — xech qachon!

Echkiemarni echki emishiga endi xech kim ishonmaydi.

Panda — aytishlariga qaraganda koʼp joyda yashaganda!

Oʼrdakburun kechqurun oʼrtadagi bor-budini oʼndan birini barchaga boʼlib berdi.

Karkidonga birdaniga xar-xil don berilgan.

Kenguru kimgadir kechqurun keyingi kundagi singari kengaytirilgan «koʼrsatuv»ni koʼrsatdi.

Chiyaboʼri — kichkina boʼri.

Chumolixoʼr — chumolilarni tutishda — yutishda zoʼr.

Sirtlon — sirtini silab, suvdan silliq chiqmoqda xamon.

Chayon — nogaxon, chiqib chaqishi ayon.

Bizonь — baʼzan, bogʼlangan boʼlsada, qoʼrqqanidan qoʼrasini buzishi oson.

Kaltakesakni — boltada shartta kessak, kaltagina kaltakesak boʼlib qoladi.

Silovsin — ozuqani srasini saqlasin.

Bobr — baribir bir-bir baʼzida besabr.

Mamont — xamon xar vaqt xayolotimizni qilar band.

Dinozavr — xar safar beʼzarar, bexavotir davrni istardi.

Jayrani — jonivorlardan xayron — koʼngli vayron.

Boʼrsiq — bu issiq poʼrsildoq boʼgʼirsoq.