Qumrixon qoʼngʼir qoʼgʼirchogʼi bilan qoʼqqisdan qoqilib ketdi.

Kap-katta Karim koptogini kaftida koʼtarib koʼrdi.

Kubroxon kubikni koʼpchilikni koʼzida ataylab aylantirdi.

Xolida xovlidagi xalqani xovliqib Xoliqdan olib qoʼydi.

Soqi sariq soqqani sanamay saqlab qoldi.

Аnora Аnzirat bilan birga argʼimchoq uchdi.

Mashrab Masharifni mashinasini oʼzi oʼynadi.

Farida faqat pufak pufladi.

Muazzam Manzurani «Mozaika»larida mazmunli manzara tuzdi.

Vitaliy vertoletini Vladikka vaqtinchaga berdi.

Samadxon samolyotida Samarqanddan Samaraga «uchdi».

Toxir tanishlariga tankini «taklif» qildi.

Vali velosipedini vaqtinchaga Vositga berdi.

Jumanazar Jamol bilan «Jumanji»da jumboqli oʼyin oʼynashdi.

Shamshiddin Shomilni shaxmat-shashkada shoshirib qoʼyadi.

Toʼlqin toʼpponchasini toʼplanib turgan tengdoshlariga «tuxfa» qildi.

Аloviddin avvaldan avtomatini avaylab oʼynashga oʼrgangan.

Samad Samandarni samokatini sindirib qoʼydi.

Kamol Komilni kamonida Komilani koʼzini shikastladi.