Shurikni sho‘riga sho‘rva to‘kildi.
Bunsha — buncha beparvo bo‘lmasa.
Ulyana Andreyevna — ularni ulug‘lashga ulgurdi anchagina.
Zinaida Mixaylovna — zinadan zo‘rg‘a tushdi yana.
Yakin Savelevich — yaqinda yana yangi serialni yakunladi.
Anton Semenovich Shpak — tish shifokori demak.
Tranzistorlarni tanqisligi tufayli topishtirish tezlashmadi.
Jorj Miloslavskiy — militsiya bilan muloqotni ma’qullamaydi.
Timofeyev — tunda tippa-tik turib apparatni ta’mirlashga tutindi.
Shvedlarni elchisi — endi elchilik nishonisiz.
Dyak Feoman — fursatdan foydalanib Fedya bo‘ldi ismi xam.
Marfa Vasilevna — shoxga zavjada, Xamma raqs tushar, qo‘shiq avjida.
Galya — galma-galdan Gagrada.
Ivan Grozniy — buyuk shoxdir, Unga qudrat berdi taqdir.
Zamorskaya ikrasi — maxsuloti, yeb ko‘ring, qulaysiz shu zaxoti.
Beshta kurtka — emas «shutka».
Yakin bilan Zinaida, qochdi — xozir Yaltada. Lekin bo‘lsa zo‘r ekanda, Yakan bo‘lsa xaltada.
Profession defua, paki, Ulug‘ xukmdor tushungan balki.
Kapitalina Nikiforovnada sochiq bor, Zinaida Pavlovnada qoshiq bor, Antonina Petrovnada oshiq bor, Knyaz Miloslavskiyda qo‘shiq bor.
Xayrlashsa mushuklar «myau» deydi, Filmda mushuk ammo «chao» deydi.
© MUALLIF