Qora qoʼngʼiz qorongʼida yolgʼiz qoldi.

Masha oʼsha pashani ushla — pastga tashla.

Qari ari borgan sari nari borardi

Shilliq qurt — silliq qurt

Kapalak falakka koʼtarilishga xalak.

Xon qizi oʼzi Xon qizimi — Xoqon qizimi.

Chunki chumoli chumchuq choʼqishidan choʼchiydi.

Chivin chaqqandan keyin chidash qiyin.

Chigirtka chetga chiqib chirilladi.

Ninachi ninachimi — ignachimi…

Shu suvarak boʼlsa kerak.

Xariton saraton koʼrmaganidan saratondan xayron.

Biz bilgan bezbet burga baribir biz bilan birga.

Mana yana kana.

Mingoyoq oʼng oyoqni chaqqandayoq xammayoq momotaloq.

Qarasak kaltakesak keak orasida beshak.

Bitta itni etida biti bor.

Chayon chaqqon chaqishi ayon.

Falangani baland alangada kuydirganda rangi oʼzgargandi.

Qora qurt bolani tishladimi — bola qora qurtni ushladimi?

Tilla qoʼngʼiz — tilla tilli qoʼngʼizmi?

Chuqurlikdan chuvalanib chiqqan chuvalchang chetga choʼzildi.

Oʼrgimchak oʼzi oʼragan oʼramlari oʼrtasiga oʼralib qoldi.

Beshiktebratar beshik tebratganday boshini tebrata boshladi.

Аbdulla Pulatov