Statsionar kompyuter afzallik va kamchiliklari
Statsionar kompyuter afzallik va kamchiliklari
Statsionar kompyuter bu — bir joyga joylashtiriladigan, ko’tarib yurishga mo’ljallanmagan kompyuter hisoblanadi. Ba’zan buni stol kompyuteri deb ham atashadi.
Bu turdagi kompyuter alohida tizim bloki, monitor, klaviatura va sichqonchadan tashkil topgan bo’ladi. Yuqorida, Notebook kamchilik va afzalliklarini (https://t.me/planetait/763) ko’rib chiqdik, endi, statsionar kompyuterni tahlil qilib chiqamiz.
Statsionar kompyuter afzalliklari:
🔹Universallik. Siz bu turdagi kompyuterni o’zingiz yig’ishingiz mumkin. Kompyuterni biroz tushunsangiz, taom buyurtma bergandek, menga shu-shu xarakteristikadagi kompyuter kerak deb ayta olasiz. Bu eng katta afzallig.
🔹Yangilash imkoni mavjudligi. Sizga protsessor quvvati kamlik qilmoqda, plataga mos tushadigan kuchliroq protsessorni qo’yib, kompyuteringizni kuchaytirishingiz mumkin. Demak, bir martta olasiz va ko’p vaqt davomida yangilashlar(upgrade) orqali foydalanishingiz mumkin. Asosiysi, bu ishlarni o’zingiz qila olasiz, usta qidirib yurmaysiz.
🔹Mexanik ta’sirlarga chidamli. Birinchidan bu turdagi kompyuterga mexanik ta’sirlar kamroq bo’ladi, ikkinchidan uncha muncha ta’sirlar, stulning tegib ketishi, jahl chiqqanda biroz urib yuborishingizga chidamli.
🔹Sovutish tizimi juda yaxshi. O’lchamlari katta bo’lganligi sababli, har xil komponentga alohida kullerlar o’rnatish mumkin, havo chiqib ketish uchun yetarli teshiklar ham mavjud.
🔹Tyuning uchun zo’r. Tizim blokini har xil ko’rinishga keltirishingiz mumkin:
Devor qismlarini shaffof oynalarga almashtirib, blok pitaniyadan kelayotgan simlarga har xil rangdagi yorug’lik diodlari orqali o’zgacha ko’rinishga keltirish mumkin.
🔹USB portlar yetarli. Hozirgi kunda dolzarb bo’lib qolgan port. Fleshkalar, sichqoncha, klaviatura, tashqi saqlash qurilmalari, gadgetlar hammasiga shu port kerak, demak ular ko’p bo’lgani yaxshi.
🔹Texnik xizmat ko’rsatish imkoni. Kullerlarni moylash, changlarni tozalash, kichik mexanik ta’sirlarni to’g’rilash kabi ishlarni o’zingiz amalga oshirishingiz mumkin.
🔹Narx. Albatta narx tomondan notebook’lardan arzon.
Statsionar kompyuter kamchiliklari.
🔻Mobillik mavjud emas. Bir joydan ikkinchi joyga olib borish imkoni mavjud, lekin juda noqulay.
🔻Elektr energiya sarfi ko’p. Kompyuteringiz qanchalik quvvatli bo’lsa, shuncha elektr energiya sarfi katta bo’ladi. Videokarta uchun alohida tok, protsessor uchun alohida, plata uchun alohida vahakazo.
🔻Modullar kamligi. Wifi, bluetooth, kamera kerak bo’lsa, alohida sotib olasiz.
🔻Doimiy tok manbai kerak. Tok yo’q, kompyuter ham yo’q.
🔻Hajmi katta. Statsionar kompyuter uchun, alohida joy va sharoit kerak.
🔻Shovqinroq. Kullerlar katta, shu sabab shovqin bo’ladi, lekin buni kamaytirish yo’li mavjud, sovutish tizimini suyuqlikka almashtiring, albatta harajat bu.
☝️Mana endi qaysi turdagi kompyuter sizga kerakligini tanlashingiz mumkin.

https://t.me/planetait