Agar kishi qonida shakar (glyukoza) miqdori me’yordan oshib ketgan bo’lsa, bu kasallik — qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson tanasida insulin ishlab chiqarish uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. Bir vaqting o’zida insulin hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga ham yordam beradi. Qandli diabetda nima sodir bo’ladi? Tanada insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori yuqori bo’ladi, lekin shunga qaramay hujayralarga glyukoza yetishmasligi boshlanadi.
Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’ishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa teri kasalliklari paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.
Diabetni patogenetik asoslari kasallik turiga bog’liq bo’ladi. Bir-biridan tubdan farq qiluvchi uning ikki turi farqlanadi. Zamonaviy endokrinologiya kasallikning tasniflanishi shartli deb atasa ham, kasallikning har bir turida davolash strategiyasini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bu ularning har birida alohida-alohida to’xtalishni talab qiladi.
Umuman, qandli diabet, aslida metabolik kasalliklar turiga kiradi. Bu vaqtda faqat uglevod almashinuvi buziladi. Bu ko’rsatkich giperglikemiya deyiladi. Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi buzilishi hisoblanadi. Glyukoza tana hayot jarayonlarini davom ettirish uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak. To’qimalarga glyukozaning o’tmasligi, glyukozaning glikogen sifatida jigarda depo bo’lib to’planmasligi uning qondagi miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Ana shu o’zgarishlar qandli diabet nomini olgan.
Shuni bilish kerakki, har qanday giperglikemiya haqiqiy diabet emas, faqat insulin ta’sirida kechadigan o’zgarishlar diabet deyiladi.
Kasallik rivojlanishida quyidagi omillar ta’sir o’tkazadi:
Bunday holatlarda ikkilamchi qandli diabet yuzaga keladi va asosiy omil bartaraf etilganda diabet ham o’z-o’zidan yo’qoladi, lekin bu omillarning uzoq vaqt davomida ta’sir etishi birlamchi diabetga olib kelishi mumkin.
Kasallikni turlash muhim hisoblanadi, chunki bu kasallikning turlari boshlang’ich davrda bir-biridan tubdan farq qiladi va davolash ham shunga qarab belgilanadi. Kasallik qancha uzoq davom etaversa, uni davolash usullari bir-birga o’xshab ketaveradi.
Shuningdek insulinga bog’liq diabet deyiladi. Ko’pincha yoshlar, 40 yoshgacha bo’lgan, ozg’in odamlar aziyat chekadi. Kasallik og’ir kechadi, davolash uchun insulin beriladi. Sababi: organizm me’da osti bezi hujayralarini yo’q qiluvchi antitana ishlab chiqaradi.
Diabetni 1-turidan butunlay davolanib bo’lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez faoliyatini me’yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik ortiqcha bezovta qilmaydi. Doimiy ravishda sun’iy insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat inyektsiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi. Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan yengil hazm bo’luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar, mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash kerak.
Bu insulinga bog’liq bo’lmagan diabet deyiladi. Ko’pincha yoshi kattalar, to’laroq, 40 yoshdan o’tganlar aziyat chekadi. Sababi: hujayralarning oziq ko’pligidan insulinga ta’sirchanligining yo’qolishidir. Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo’lavermaydi. Faqatgina malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi.
Avvalo bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3kg tushurib borish tavsiya etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng og’ir hollarda insulin buyuriladi.
Giperglikemiya qancha uzoq davom etsa, kasallik shuncha og’ir kechadi. Bu organizmni qondagi glyukoza miqdorini kamaytirish uchun qo’llaydigan mexanizmlari tufayli sodir bo’ladi, ular:
Shunday qilib kasallik vaqt o’tishi bilan deyarli barcha organlarning shikastlanishiga olib keladi.
Kasallik belgilari bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik bilan namoyon bo’la boshlaydi. Asosan qonda glyukoza miqdorining yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Bemorlarda kasallik paydo bo’la boshlanganida:
Bu belgilar uchraganda shifokor huzuriga borish tavsiya etiladi. Kasallik jiddiy asoratlar qoldirishi va koma holatigacha olib borishi mumkin. Kasallik asoratlariga:
Kasallikning rivojlanishining asosiy sabablariga:
Bu ro’yxatga ikkilamchi diabet chaqirishi mumkin bo’lgan omillar kiritilmagan, chunki asosiy omil bartaraf etilganda kasallik ham tuzalib ketadi.
Agar kasallik mavjudligiga shubha bo’lsa uni tasdiqlash yoki inkor qilish kerak bo’ladi. Buning uchun bir qator laboratoriya va instrumental usullar bor va bu tahlilar yordamida kasallikka aniq tashxis qo’yilishi mumkin. Ularga:
Diabet bilan kasallangan barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak:
Davolash paytida diabet va uni dinamik baholash, tashxis qo’yish uchun birinchi usul qonda glyukoza (shakar) darajasini o’rganish hisoblanadi. Davolash va keyingi harakat ana shu ko’rsatkichga qarab tayinlanadi.
Kasallikni jiddiyligiga qarab tasniflash juda muhim sanaladi. Asosan glikemiya darajasiga qarab farqlanadi. Darajalanish tashxis qo’yishda yordam beradi va asoratlarni oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Tibbiy yozuvlarga qarab kasallik qanday kechayotganini, asoratlar og’ir-yengilligini bilib, farqlash mumkin.
Kasallanish orasida eng yaxshi ko’rsatkich hisobanib, har qanday davolash jarayoni kasallikni ana shu darajaga tushirishga qaratilgan bo’ladi. Qand miqdori insulin bilan butunlay qoplanadi, glyukoza darajasi 6-7 mmol / l atrofida, glyokozuriya (glyukozani siydik bilan ajratish) uchramaydi, boshqa ko’rsatkichlar ham me’yorda.
Kasallik fonida rivojlangan kasalliklar uchramaydi, asoratlar yo’q. Bunday natijaga davolash kursiga to’liq amal qilish va parhez tutish yordamida erishiladi.
Bu darajada insulin qand miqdorini biroz qoplay olmayotganidan dalolat beradi. Ko’zlar, buyraklar, yurak, qon tomirlari, oyoqlarda, nervlarda shikastlanishlar mavjud bo’ladi.
Qonda glyukoza miqdori biroz oshgan va 7-10 mmol / l atrofida bo’ladi, glyukozuriya uchramaydi. Boshqa ko’rsatkichlar ham biroz me’yordan oshgan bo’ladi.
Bu darajada kasallik faol rivojlanayotgani va uni dori-darmonlar bilan ushlab turib bo’lmasligi kuzatiladi. Glyukoza miqdor 3-14 mmol / l atrofida, glyukozuriya doimiy bo’ladi, yuqori proteinuriya kuzatiladi, shikastlangan organlar asta-sekin belgi berishni boshlaydi.
Ko’rish o’tkirligi tez pasayib ketadi, gipertoniya kuzatiladi, oyoqlarda va barmoq uchlarida sezuvchanlik kamayadi.
Bu darajada mutlaq dekompensatsiya kuzatiladi va qilgan muolajalar (agar bo’lsa) umuman foyda bermayotganidan dalolat beradi. Shunday qilib glyukoza miqdori jiddiy raqamlargacha (15-25 va undan ko’p mmol / l) ko’tariladi, qand miqdorini tushirishga urinish yaxshi samara bermaydi.
Siydik orqali oqsil ajralishi yanada faollashadi. Buyraklar yetishmvochiligi yuzaga keladi, terida yaralar va gangrena uchrashi mumkin. Komaga tushish xavfi o’ta yuqori.
O’z-o’zidan diabet inson hayoti uchun xavfli emas. Uning asoratlari va oqibatlari xavfli hisoblanad. Eng ko’p uchraydigan asoratlarga to’xtalib o’tamiz.
Bu qo’l-oyoqlarning og’rishi, achishi yoki sezuvchanligini pasayib ketishi bilan namoyon bo’ladi. Sababi nerv to’qimalarining oziqlanishi buzilishidir. Nerv faoliyatini tiklash uchun tiokta kislotasi saqlagan preparatlar yordam beradi. U tanadagi uglevod va lipid almashinuvini tiklaydi va asab to’qimalarining fiziologik jarayonlari normallashtiradi.
Koma juda tez rivojlanishi mumkin. Eng keng tarqalgan diabetik koma — ketoatsidotik komadir. Bu qondagi zaharli moddalarning miqdori yuqoriligi natijasida kelib chiqadi va bunday hollarda zudlik bilan bemorga tibbiy yordam ko’rsatilishi shart.
Shishlar mahalliy va umumiy bo’lishi mumkin. Aslida, bu alomat buyrak disfunktsiyasi (yetishmovchiligi) ko’rsatkichi hisoblanadi.
Qandli diabetda qon bosimi ko’tarilishi yoki tushib ketishi mumkin. U yurak yetishmovchiligi va buyraklarning disfunktsiyasi natijasidir.
Angiopatiya natijasida qon aylanishi buzilishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etgan hollarda tananing oxiri qismlarida gangrenalar yuzaga kelishi mumkin. Bu qaytarilmas jarayon bo’lib, gangrena bo’lgan qism amputatsiya qilinishi talab etiladi.
Afsuski, ko’p holatlarda birinchi turdagi diabetni oldini olish mushkuldir. Chunki uning asosiy sabablari irsiy omillar va kichik viruslardir. Lekin kasallik hammada ham rivojlanavermaydi. Olimlar ko’krak suti bilan ko’proq oziqlangan bolalarda qandli diabet kamroq uchrashini ta’kidlashadi, ammo bu hali isbotlanmagan.
Ikkinchi turdagi diabetda esa umuman boshqacha holat. Chunki u noto’g’ri ovqatlanish va hayot tarzi natijasida shakllanadi, shuning uchun profilaktik chora-tadbirlarni qo’llasa bo’ladi, demak:
Bu juda bahsli masala, bugungi kunda qandli diabetni to’liq davolash imkoniyatlari faol izlanishlar ostida. Qiyinchiligi shikastlangan organlarni tiklashdadir. Ikkinchi turdagi diabetni butunlay davolashni iloji bor, parhez tutilib, tana vazni me’yorga keltirilsa kasallik butunlay yo’qolib ketadi. Bunda ovqatlanish va jismoniy faoliyat tartiblarini normallashtirish kerak. Ular buzilganda kasallik yana qaytalanadi.
Rasmiy tibbiyotga ko’ra — diabetni birinchi hamda ikkinchi turining chidamli shakllarini butunlay davolashni imkoni yo’q. Lekin doimiy nazorat ostida bo’lgan va shifokor tavsiyalariga amal qilingan holda kasallik asoratlarini oldini olish yoki butunlay cheklash mumkin. Zero kasallikni o’zi emas, asoratlari xavfli hisoblanadi.
Biroq, hayot har doim bir xil bo’lmaganidek, bu kasallikdan ochlik yordamida butunlay davolanib ketgan odamlar kam emas. Bu amaliyotni shifkor javobgarligi ostida o’tkazsa bo’ladi.
Zamonaviy tibbiyotda me’da osti beziga sun’iy moslama kiritib, diabetni muntazam ravishda nazorat qilish imkoniyati mavjud. Bu moslama avtomatik ravishda qonda qand miqorini o’lchaydi va kerak bo’lsa ma’lum miqdorda insulin ajratadi. Lekin sun’iy insulin hammaga ham bir xildek ta’sir qilmaganligi uchun bu usul ham hozircha o’z kamchiliklariga ega. Bir narsa aniq, tibbiyot to’xtab qolgan emas, izlanishlar doimo yangiliklarni kashf qilmoqda.