Ulug‘ sahobiyya Xavla binti Sa’laba (raziyallohu anho) Islom tarixida nom qoldirgan mashxur ayollardan. U Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam)ga birinchilar qatori iymon keltirib, mashhur sahoba Avs ibn Somitga turmushga chiqqan edi.
Soliha ayol Xavla eriga vafodorligi, bola tarbiyasida sabri, matonati bilan mashhur qozongan edi. Xavla zukko va dono ayol bo‘lib, oilasi, farzandlaridan mehrini ayamas edi, ularga chavandozlikni, kamondan o‘q otishni o‘rgatar edi.
Tarixchilar Xavla bilan bog‘liq mashxur voqeani manbalarda bunday zikr qiladi. Johiliyat davrida Avs ibn Somit xotiniga: “sen menga onam kabi san” deb qo‘ydi va bu aytgan gapidan pushaymon bo‘ldi. Xavla bu gapni Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam)ga aytganda “ey Xavla endi sen eringga xarom bo‘lding” dedilar. Xavla erini oqlab “Ey Allohning rasuli, erim keksayib, aqli zaiflashib qolgan, bolalarim esa yosh, endi men nima qilaman?” deb eridan ayrilgisi kelmayotganini bildirdi. Payg‘ambarmiz yana avvalgi javobni qaytardilar. Shunda Xavla binti Sa’laba yig‘lab Alloh taologa bunday duo qildi: “Allohim senga arz qilaman, meni bu mushkulotdan o‘zing qutqar. Robbim bu ishimizni yechimini Payg‘ambaring tiliga o‘zing tushurgin” dedi.
Oisha onamiz (raziyallohu anho) rivoyat qiladilar: men ham, boshqalar ham Havlaning holiga achinib yig‘ladik. Shu payt uning iltijolari, ohu faryodi Alloh taologa yetgani ma’lum bo‘ldi. Alloh taolo o‘z habibiga vahiy tushurib, ayolni sevintirdi. Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) tabassum qilib, tushgan oyatni tilovat qildilar:
“Ey Muhammad Alloh o‘z jufti haqida siz bilan bahslashayotgan va Allohga arz qilayotgan ayolning so‘zini eshitdi. Alloh ikkovingizning so‘zlashuvungizni eshitur. Albatta Alloh eshituvchi va ko‘ruvchidir. Oralaringizdagi o‘z xotinlarini “zihor” qiladigan kishilarga ular (xotinlarni also) onalari emasdirlar. Ularning (chin) onalalari (ularni) tuqqan ayollardir. Ular, haqiqatan, nomaqbul va yolg‘on so‘z ayturlar. (Lekin) Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir”.
Xavla binti Sa’laba eriga bu xabarni aytganda Avs nihoyatda sevinib ketdi.
Xavla erining vafotidan so‘ng turmush qurmadi. U eriga ko‘p achinar, doim uning haqqiga duo qilar edi. Eriga Allohdan mag‘firat tilardi. Payg‘ambar (salollohu alayhi vasallam) qachon Havlani ko‘rsalar: “Assalomu alaykum, ey duosini Alloh ijobat etgan ayol, ey so‘zini Alloh tinglagan ayol” deb salomlashar edilar.
Bir kuni Umar ibn Hattob (raziyallohu anhu) masjiddan qaytayotganda bir ayol yo‘lini to‘sib chiqib, nasihat qila boshladi: “Ey Umar sen bir vaqtlar “Umarcha” deyishardi, keyin “Umar” deb ataladigan bo‘ldining. Bugun esa “Mo‘minlar amiri” deyishmoqda. Ey Umar, ma’sulyat bobida Alloh taolodan qo‘rq, kim qiyomat kunidan qo‘rqsa, kim o‘limdan qo‘rqsa, o‘tkinchi narsalar ham uni qo‘rquvga soladigan bo‘ladi”.
Hamrohlari Hazrati Umarga: “Shu kampirning gapini quloq solib o‘tiribsizmi?” deyishdi. Shunda Hazrati Umar: “Bu ayolning kimliginni bilmaysizmi? U Avs ibn Somitning xotini Xavla binti Sa’laba bo‘ladi. Bu ayolning so‘zini Alloh taolo eshitgan-u, Umar eshitmasinmi?” dedilar.
Zihor muommosi hal etilishida sababchi bo‘lgan taqvodor, eriga vafodor bo‘lgan bu ayol sahobiyyalar ichida ko‘rkam va iforli gul misli yashab o‘tdi. Alloh taolo undan rozi bo‘lsin.
Ulug‘ sahobiya Havla binti Sa’laba ibn Asrom ibn Faxr ibn Sa’laba ibn G‘anam ibn Avf (roziyallohu anho) Islom tarixida nom qoldirgan mashhur ayollardan. Bu ayol Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) birinchilardan bo‘lib imon keltirgan, Badr, Uhud, Handaq janglarida ishtirok etgan. U taniqli sahobiy Avs ibn Somitga turmushga chiqqan edi.
Havla nihoyatda soliha bo‘lgan. Eriga vafodorligi, bola tarbiyasidagi tengsiz matonati bilan shuhrat qozongan edi. Bu zukko va dono ayol oilasi va farzandlari uchun jonini fido qilishga ham tayyor edi. U farzandlariga chavandozlikni, kamondan o‘q otishni o‘rgatar, keyin onalik mehri jo‘sh urib, bolalarining kiyimlaridagi changini qoqar, ularni erkalab, yelkalarini silar edi.
Tarixchilar Havla bilan bog‘liq mashhur voqeani hikoya qilishadi: «Johiliyat davri odatlariga ko‘ra, er ayoliga «sen menga onam kabisan» deyishi bilan zihor bo‘lib, xotinini taloq qilar edi. Islomning ilk kunlaridan birida Avs ibn Somit (roziyallohu anhu) xotini bilan bo‘lishni istab qoldi. Havla esa bunga rozilik ko‘rsatmay, bosh tortdi. Avsning jahli chiqib, «sen menga onam kabisan», deya zihor qildi. So‘ngra g‘azabidan tushgan Avs aytgan gapidan pushaymon bo‘ldi: «Seni taloq qilishni istamagan edim, biroq endi menga harom bo‘lib qolding», deb ko‘p nadomatlar chekdi. Havla eriga: «Meni taloq qilganing yo‘q-ku», deb e’tiroz bildirdi. Avs bunga javoban: «Seni zihor qilib qo‘ydim, mening yoshim katta, bolalarimiz ko‘p, sen fahmu farosatli ayolsan, menga va ahli baytimga sadoqatlisan, ammo bularga qaramay, shunday oilamiz endi buzilib ketadi, mening keksalik tufayli adashganim bunga sabab bo‘ldi», deb afsus chekdi.
Havla binti Sa’laba darhol Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) yonlariga chopdilar. U zot Oisha onamizning hujrai saodatlarida edilar. Havla hujraga kirgach, Payg‘ambar alayhissalomga bunday dedilar: «Ey Allohning Rasuli, amakimning o‘g‘li, bolalarimning otasi, odamlar ichida menga eng suyukli kishi bo‘lgan zotdan bir kichik gunoh sodir bo‘ldi. Sizga tushirilgan haq Kitobda taloq zikr qilinmagan. Avs ibn Somit: «Sen menga onam kabisan», dedi».
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Ey Havla, sen endi unga harom bo‘lding», dedilar. Havla erini oqlab: «Ey Allohning Rasuli, erim keksayib aqli zaiflashib qolgan, bolalarim esa yosh, endi men nima qilaman», deb eridan ayrilgisi kelmayotganini yana qaytardi. Payg‘ambarimiz yana avvalgi javoblarini aytdilar. Shunda Havla binti Sa’laba Alloh taologa yig‘lab, shunday duo qildi: «Ey Allohim, Senga arz qilaman, meni bu mushkulotdan O‘zing qutqar, Ey Robbim, ishimiz yechimini Nabiying tiliga O‘zing tushir».
Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Men ham, hujrada bo‘lgan boshqalar ham Havlaning holiga achinib yig‘ladik. Shu payt uning iltijolari, ohu faryodi Alloh taologa yetib borgani ma’lum bo‘ldi. Alloh taolo O‘z Habibiga yettinchi qat osmondan vahiy nozil qilib, ayolni sevintirdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tabassum qilib, nozil bo‘lgan quyidagi oyatni tilovat qildilar: «Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh o‘z jufti haqida siz bilan bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan ayolning so‘zini eshitdi. Alloh ikkovingizning so‘zlashuvingizni eshitur. Albatta, Alloh Eshituvchi va Ko‘ruvchidir. Oralaringizdagi o‘z xotinlarini «zihor» qiladigan kimsalarga ular (xotinlari aslo) onalari emasdirlar. Ularning (chin) onalari tuqqan (ayol)lardir. Ular, haqiqatan, nomaqbul va yolg‘on so‘z ayturlar. (Lekin) Alloh Afv etuvchi va Kechirguvchidir» (Mujodala, 1-2).
Havla binti Sa’laba aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Eringga ayt, bir qul ozod qilsin», dedilar. Men: «Ey Allohning Rasuli, uning quli yo‘q», dedim. Rasuli akram: «Ikki oy paydar-pay ro‘za tutsin», dedilar. Men: «Allohga qasamki, Avs keksayib qolgan, ikki oy uzluksiz ro‘za tutishga qodir emas», dedim. Shunda u zot bunday dedilar: «Oltmish miskinni yedirib-ichirsin». Men Payg‘ambar alayhissalomga aytdim: «Allohga qasamki, uning hech narsasi yo‘q». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unga bir zambil xurmo beraman», dedilar. «Men unga bir zambil xurmoda yordam beraman», dedim. Nabiy alayhissalom: «Endi borib, amakingning o‘g‘liga bu xushxabarni yetkaz», dedilar».
Havla binti Sa’laba eriga halol bo‘ldi. Bu xushxabar Avsga yetib borganida u nihoyatda sevinib ketdi. Biroq bu voqeadan ko‘p o‘tmay u bandalikni bajo keltirdi.
Ayol eri vafotidan keyin boshqa turmush qurmadi. U eriga ko‘p achinar, uning haqqiga duolar qilar edi. Sadoqatli ayol umri oxirigacha eriga Allohdan mag‘firat tilab yashadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qachon Havlani ko‘rsalar: «Assalomu alayka, ey duosini Alloh ijobat etgan ayol, ey so‘zini Alloh tinglagan ayol» deb salomlashar edilar.
O‘z xalifaliklari davrida bir kuni Umar ibn Xattob ashoblar bilan masjiddan qaytayotganlarida bir ayol yo‘llarini to‘sib chiqib, ta’na qila boshladi: «Ey Umar, seni bir vaqtlar Umarcha deyishardi, keyin Umar deb ataladigan bo‘lding. Bugun esa seni «mo‘minlar amiri» deyishmoqda. Ey Umar, mas’uliyat bobida Allohdan qo‘rq, kim qiyomat kunidan qo‘rqsa, o‘sha olis kun unga yaqinlashib qoladi, kim o‘limdan qo‘rqsa, o‘tkinchi narsalar uni qo‘rquvga soladigan bo‘ladi».
Hamrohlari Hazrati Umarga: «Shu kampirning gapiga quloq solib o‘tiribsizmi?» deyishdi. Shunda Hazrati Umar: «Bu ayolning kimligini bilmaysizlarmi? U Avs ibn Somitning xotini Havla binti Sa’laba bo‘ladi. U shunday ayolki, uning so‘zini Alloh taolo eshitganu Umar eshitmasinmi?», dedilar.
Shariatda zihor muammosining hal etilishida sababchi bo‘lgan taqvodor mo‘mina, erga vafodorlikning ibratli timsoli bu ayol sahobiyalar ichida ko‘rkam va iforli gul misoli yashab o‘tdilar. Umar ibn Xattob rahbar bo‘lgan yillarda boqiy dunyoga safar qildilar. Alloh taolo bu sahobiyadan O‘zi rozi bo‘lsin!
«Nisous-solihot» kitobidan Muharram Qutbiddinova tarjimasi