Suksilatsol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Suksilatsol ( osma shishali flakon) — infuziya uchun eritma.
#Суксилатсол осма
#Suksilatsol osma
💊Dori shakli : Infuziya uchun eritma ( osma flakon).
100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml shisha flakonlarda chiqadi.
💊Tarkibi
Natriy xlorid, kaliy xlorid, magniy xlorid, kalsiy va magniy xlorid, bikarbonat natriy,qahrabo kislotasi.
💊Tasir qilishiga ko’ra :
Tuzli eritma
💊Qo’llanilishi
—Qon ketishida
— Operatsiya vaqtida
— Qon bosimi pasayganda
— Operatsiyadan keyingi holatlarda
— Shokda
— Travmadan keyingi holatda
— Temir yetishmovchiligi anemiyasining o’rta va og’ir holatlarida.
— Qon aylanishini yaxshilaydi.
— Organizmda kislota — ishqor muvozanatini tiklaydi.
— Qon yoqotish va jismoniy zo’riqishlarda mikrosirkulyatsiyani ,ya’ni
qon aylanishini yaxshilaydi.
— Yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi
— Siydik haydovchi ta’sir ko’rsatadi
— Qon yo’qotishlarda 1000 ml ( 1litrgacha ) qo’llash mumkin.
— Qon o’rnini bosuvchi eritma sifatida qo’llaniladi.
💊Qabul qilish usuli va dozasi.
Preparatni venaga tomchilab yuboriladi ( osma).Sutkada bir flakon.
Preparat venaga yuborilgandan keyin 20 — 30 minutdan so’ng ta’sir qiladi.
💊Nojo’ya ta’siri
Preparatni venaga tez tomchilatib yuborganda nojo»ya ta’sir qilishi mumkin.
💊Qo’llashga qarshi korsatma
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda
— Boshning yopiq travmalarida
— Bosh miya ichki bosimi oshishi
— Qon bosimi oshib ketishi ( agar qon bosimi baland bolsa).
— O’pka shishida
— Yurak yetishmovchiligi kasalligida
— Homiladorlik va emizish davrida mumkinmas.
— 18 yoshdan kichik bo’lganlarga mumkinmas.
— Qon bosimi baland kishilarga mumkinmas.