Korvalol tomchi foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Korvalol tomchi — tinchlantiruvchi va spazmolitik( tomirlarni kengaytiruvchi) vosita hisoblanadi.
#Корвалол томчиси
#Korvalol tomchisi
💊Tasir etuvchi modda:
✅Faol moddalar :
* Qalampir yalpiz barglari moyi :— 0,142 g
*fenobarbital —1,826 g
*etilbromizovalerianat — 2,0 g
✅Yordamchi moddalar:
*Etil spirti (95 %) — 58 ml
*Natriy gidroksid — 0,315 g
*Tozalangan suv — 100 ml gacha
💊Ta’rifi:
Tiniq, rangsiz, xushbo»y xidli suyuqlik
💊Dori shakli:
— Ichga qabul qilish uchun tomchi.
💊Ta’siri bo’yicha :
Sedativ (tinchlantiruvchi) va spazmolitik ta’sir ko’rsatuvchi vosita hisoblanadi.
💊Qo’llanilishi:
— Yurak qon tomir funksiyalarining buzilishida tinchlantiruvchi va qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida
— Nevrozsimon holatlarda
— Uyquga ketishni buzilishida
— Taxikardiyada
— Ichak spazmlarida
💊Qo’llash usuli va dozasi
— Ichga qabul qilinadi. 30 -50 ml suvda oldindan eritilib ovqat iste’mol qilishdan oldin qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza 30 tomchi. Taxikardiya kuchli bo’lsa 40 -50 tomchi ga oshirish mumkin.Kattalar uchun qabullar soni sutkada 2-3 marta.
—Yosh bolalar uchun:
3 yoshdan boshlab bolalarga 1 tomchidan sutkada bir marta.
ESLATMA: Yosh bolalarga dozani oshirish uchun shifokor bilan maslahatlashing.
💊Nojo’ya ta’siri
— Uyquchanlik, bosh aylanishi, bradikardiya
— Diqqat pasayishi, allergik reaksiyalar
—Uzoq qo’llanganda: bromizm, o’rganib qolish, doriga qaramlik ( bekor qilish sindromi)
💊Qo’llashga qarshi ko’rsatma:
—Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda
— Jigar va buyrak funksiyasi buzilganda
—Emizish davrida
— Homiladorlikda
— 3 yoshgacha bolgan bolalarda
—Bosh miya jarohati
— Bosh miya kasalliklarida mumkin emas.
💊ESLATMA: Korvalol tabletka va tomchi ko’rinishida chiqadi.