Aktrapid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
Aktrapid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Aktrapid — Ineksiya uchun eritma ( flakonda) — 10 ml.
#Актрапид
#Aktrapid
💊Dori shakli: Ineksiya uchun eritma
💊Tarkibi:
— 1 flakon o’zida 10 ml preparat saqlaydi.
— 1 shpits ruchka o’zida 3 ml preparat saqlaydi.
1 ml preparat o’zida quyidagilarni saqlaydi👇
⭐️Faol modda: Insulin eritmasi
⭐️Yordamchi moddalar: ruh moddasi ruh xlorid ko’rinishida, glitserin , metakrezol, natriy gidroksid, xlorid kislota ,ineksiya uchun suv.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra : gipoglikemik vosita ( qondagi qand miqdorini tushiruvchi) .
💊Qo’llanilishi:
— Qandli diabetda , insuloterapiayada
— Og’ir xoldagi qandli diabetda
— Qandli diabetni 1 tipi va 2 tipida
— Diabetik komada
— Diyetoterapiya effekt bermaganda homiladorlik vaqtida shifokor maslahati va nazorati ostida.
— Modda almashinuvi buzilganda.
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Preparat teri ostiga va vena ichiga yuboriladi. Preparat ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin yoki ovqatlangandan keyin 1 — 2 soatdan keyin qabul qilinadi. Preparatni qorin devorini oldingi devoridan kindikni oldidan yuborsa ham bo’ladi. Yoki yelka qismdan ( tirsakni yuqori qismiga) teri ostiga.
Qancha yuborish miqdorini shifokor nazorati va maslahati bilan amalga oshirasiz.
💊Nojo’ya ta’siri
—Gipoglikemiya ( qonda qand miqdori kamayib ketishi).
— Periferik shish
— Mahalliy reaksiya
— Angionevrotik shish ,
— Nafas olish qiyinlashishi
— Qon bosimi tushishi
— Miya chalkashishi
— Dozani oshirib yuborganda: Sudorgi berishi va bosh miya faoliyati buzilishi mumkin.
— Bosh ogrigi, ko’ngil aynish
— Yurak o’ynashi
— Teri toshmalari
💊Qo’llashga qarshi ko’rsatma
— Gipoglikemiyada ( qonda qand miqdori past bo’lganda).
— Qon bosimi past yuradigan insonlarga
—Preparatga yuqori allergik sezuvchanlik bolganda.
— Homiladorlik davrida
— Bronxial astmada nafas olishi qiyin bolgan bemorlarda
— Ko’p sudorgi beradigan bemorlarga mumkinmas.