Bosh miya saratonini birinchi belgilari.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda bosh miyaning birlamchi o‘smasi kam uchrab, ko‘pincha u ikkilamchi, ya’ni boshqa muxim a’zolar o‘smalaridagi metastazlar xolida kuzatiladi. Birlamchi miya saratoni yosh bolalarda uchraydi. Bosh miya saratonining bir nechta turlar bor. Bular nevrinoma (bosh miya nervlaridan rivojlanadi) va meningioma (bosh miya pardalari o‘smasi) bo‘lishi mumkin.
Bosh miya saratoni sabablari:
Saratonni rivojlanishini qo‘zg‘atuvchi omillar:
• Bosh miya shikastlari.
• Turli infeksiyalar.
• Radiatsiya.
• Kanserogen vositalar bilan kontakt: ximiya, og‘ir metallar, bo‘yoqlar.
• Irsiyat.
Saratonni rivojlanishiga olib keluvchi genetik omillar:
• Sindrom Turko.
• Sindrom Li-Fraumeni.
• Neyrofibromatoz.
• Burnevil kasalligi.
Ayrim olimlarning fikricha muntazam ravishda va uzoq uyali telefonda gaplashuvchi insonlarda bosh miya saratoni rivojlanishi extimoli yuqori bo‘ladi.
Bosh miya saratoni ilk belgilari:
Bosh miya o‘smasini joylashgan o‘rnini faqat MRT aniq baxolaydi. Bosh miya saratonining belgilari xilma-xil, ko‘p xolda boshqa kasalliklar belgilarini eslatgani uchun tashxislash qiyin bo‘ladi. O‘sma belgilari bosh miyaning qaysi qismida joylashgan o‘rniga bog‘liq:
• Peshona soxasida joylashganda: tayanch-xarakat apparati faoliyati va muvozanatni boshqarish buziladi. Undan tashqari, bemorda ruxiyatini buzilishi, o‘zini noadekvat tutishi, xarakatini sekinlashuvi, «tormozlanishi» va epileptik xurujlar kuzatiladi.
• Markaziy burmada. Qaysi qismini zaralanishiga qarab bemor yuz nervlari, butun tanasi, oyoq-qo‘llari sezgirligini yo‘qotadi, motor afaziya kuzatiladi.
• Chakka soxasida. O‘smaning bu joylashuvida ko‘ruv va eshituv gallyutsinatsiyalari, bosh miya ichi bosimini ortishi, ko‘z qorachiqlarini kengayishi, g‘ilaylik, xotirani pasayishi, atrofdagi buyumlarni nomlari esdan chiqishi kuzatiladi.
• Bosh miyaning tepa va pastki qismlarida. Bemor oyoq-qo‘llaridagi sezgirlikni yo‘qotadi, qarama-qarshi tomoni nes bo‘lib qoladi. O‘sma pastki qismlarda joylashganda ko‘rish va nutqga oid mammolar paydo bo‘ladi. Ko‘p so‘zlarni esdan chiqaradi va ularni bog‘lay olmaydi. Oyoq-qo‘llari qiyin xarakatlanadi.
• Ensa qismida. Bemor ranglarni farqlay olmaydi. Ko‘ruv gallyutsinatsiyalari va bosh miyada chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar paydo bo‘ladi.
• Bosh miya yonbosh qorinchalarida. O‘smalarning bu joylashuvida bemorlar kuchli bosh og‘rig‘i xurujlariga, kuchli ko‘ngil aynishiga, tinimsiz qusishga, bosh aylanishiga, bosh miya ichi bosimini ortishi natijasida xushdan ketishga shikoyat qiladi.
Bosh miya saratonini umummiya belgilari:
• Doimiy bosh og‘rig‘i: analgetiklar foyda bermaydi, og‘riq kechasi, bemor asabiylashganda va jismoniy zo‘riqishda yanada kuchayadi.
• Ko‘ngil aynishi: o‘smaning nerv tugunlarini bosib qo‘yishi natijasida rivojlanib, ko‘p qayt qilish natijasida organizmning suvsizlanishigacha olib kelishi mumkin.
• Muvozanatni buzilishi: xarakat koordinatsiyasini buzilishi, oyoq-qo‘llar yoki yuz nervlari paralichi kuzatiladi.
Qanday paytda zudlik bilan vrachga murojaat qilish kerak.
Quyidagi yoqimsiz shikoyatlar paydo bo‘lganda darxol vrachga uchrash talab etiladi.
• Doimiy ko‘ngil aynishi, qayt qilish.
• Ko‘rishni buzilishi.
• Buyumlarni ikkilanishi.
• Epilepsiya xurujlarni takrorlanishi.
• Bo‘shashish, doimiy uxlashni xoxlash.
• Letargik xolatlar.
• Eshitish bilan bog‘liq muammolar.
• Bosh aylanishi va og‘rishi.
• Keskin ozish.
Birinchi signallar
• Bosh og‘rig‘i saratonning birinchi bosqichidayoq bezovta qiladi.
• Nazorat qilib bo‘lmaydigan qayt qilish.
• Ko‘rish qobiliyatining keskin buzilishi, ko‘z oldini xiralashuvi, ko‘z oldida mushaklarning uchishi (ayniqsa ertalab).
• Talvasalar, epileptik xurujlar.
• Ruxiy buzilishlar: depressiv tushkunlik xolati yoki aksincha eyforik ko‘tarinki kayfiyat.
• Bosh miya ichi bosimini ortishiga xos belgilar.
Oqibati
Bemorning bosh miya saratoni bilan qanchalik uzoq yashashi quyidagilarga bog‘liq:
• O‘smaning bosqichiga.
• O‘smaning turiga.
• O‘smaning joylashgan o‘rniga.
• Bemorning yoshiga.
Yosh organizm kasallikni yengil o‘tkazadi, keksa yoshdagi insonlarda esa o‘lim xolatlari ko‘p kuzatiladi. Bemorlar tirik qolgan taqdirda xam: nutqni buzilishi, xotirani pasayishi va ruxiy buzilishlar kuzatilishi xollari ko‘p uchraydi.
© www.gepamed.uz