Abduxoliq G’ijduvoniy haqida
Xo’ja Abdulxoliq ibn Abduljamil G‘ijduvoniy
Abduxoliq GʻijduvoniyXoja Abdulxoliq ibn Abduljamil G‘ijduvoniy (1103— G‘ijduvon — 1179) — xojagon tasavvufiy tariqatining asoschisi va nazariyotchilaridan biri. Xojaiy Jahon nomi bilan ham mashhur. Uning tarjimai holiga bag‘ishlab nomaʼ-lum muallif yozgan „Zikri voqioti Xo-jaiy Jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy“ asarining 1717 y.da ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda. 9 yoshida Qur’onni yod ol-gan. 10 yoshidan boshlab, darvishlarning zikrlarida faol ishtirok etgan. Bu-xorolik ilk ustozi Imom Sadriddin-dan tafsir ilmini o‘rganadi. 22 yoshida Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, uning muridiga aylanadi. O‘zini ibodatu riyo-zatga mashg‘ul tutib, butun hayoti davomi-da 5 asar bitadi. Bulardan „Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy“ („Xoja Yusuf Hamadoniy fazilatlari“) asarida usto-zining tarjimai holi va uning taʼli-moti yoritiladi. A. F. Yusuf Hamadoniy taʼlimotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri xufiyani olib kirdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha (qonun-qoida)sini shakllanti-rib berdi. A. F. taʼlimoti keyingi davr yirik sufiylari tomonidan o‘rganilgan va sharhqilingan. Mas, „Maxdumi aʼ-zam“ laqabi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad ibn Mavlono Jaloluddin Xojagiy Ko-soniy A. G‘.ning 4 vasiyatini „Risolai chahor kalima“ („To‘rt so‘z haqida ri-sola“) asarida sharhlagan. A. F. tasav-vufga oid taʼlimotining asosiy qismi Abdurahmon Jomiyning ustozi Mavlo-no Saʼduddin Koshg‘ariy (1456 y. v. e.)ning „Risola“ asarida bayon etilgan. A. F. qabri G‘ijduvon sh.da.
tarix.uz