Sayyid Muhammad Bahouddin ibn Sayid Jaloliddin 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon (Qasri Orifon) qishlog‘ida tavallud topgan. Naqshband yoshligidanoq tasavvuf yo‘liga kirgan, uning sirlarini o‘rgangan, Qur’oni Karim, tavsir va hadislarni puxta egallagan. U dehqonchilik bilan shug‘ullanib, keyinchalik shoyi gazlamalarga, temir va mis buyumlarga turli naqshlar bitgan. Shu sababli u kishining‘ laqabi «Naqshband» bo’lgan.
Bahouddin Naqshband Abdulholiq G’ijduvoniyni o‘ziga pir va ustod deb bilib, uning ta’limotini rivojlantirgan. Naqshbandiy tasavvuf nazariyasi va amaliyotiga doir 13 ta asar yozgan. Ular orasida «Hayotnoma», «Dalili oshiqon», «Odob al-solikin» kabi asarlar alohida ahamiyatga ega. Xoja Bahouddin «Naqshbandiya» tariqatiga asos solib, Arabiston, Eron va Markaziy Osiyoning ko‘p shaharlarida tasavvufni keng targ‘ib qilgan.
Naqshbandiylikning asosiy mohiyati «Dast ba koru, dil ba yor!» («Qo‘l ishda, Olloh dilda») degan shiorda o‘z ifodasini topgan. Bahouddin (dinning faxri) karomatli inson bo‘lganligi uchun unga «Balogardon» deb nom berishgan. A. Temur, A. Navoiy, A Jomiy, Maxtumquli va boshqa ulug‘ zotlar Naqshbandiya yo‘lini tanlaganlar. Xoja Bahouddin Naqshband 1389 yilda o‘z qishlog‘ida vafot etgan. 1993 yili O’zbekistonda Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi keng nishonlandi.
tarix.uz
Bo’y o’stirish
Soqolni tez o‘stirish uchun foydali tavsiyalar
Tishlarni oqartirish uchun foydali tavsiyalar
Immunitetni susaytiruvchi odatlar
Bizni qaysi yoshda qanday muammolar bezovta qiladi ?
Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari
Soch to’kilishi
To’g’ri ozish uchun maslahatlar
Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar
DOGʼLАRNING XOSIL BOʼLIShI SАBАBLАRI
Immunitet pasayishi belgilari va vitamin tanqisligi holati hamda uni bartaraf etish usullari.
Soch o’stirish — sirlari, yo’llari, maslahatlar, uy sharoitidagi muolajalar, niqoblar.
Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar.
Respublikamizda qaysi xorijiy oliygohlar mavjud?
Ayni paytda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni nechta?
CEFR imtihonlari haqida nimalar bilasiz? 10 ta asosiy fakt
Dangasalikdan qutulish uchun 7 ta foydali maslahat
Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar
Ona tilida va adbiyoti hamda chet tili fanidan quyidagi yo‘nalishlarda imtihon topshiriladi
Xadichai Kubro ayol-qizlar oʼrta maxsus islom bilim yurtiga kirish