Patologik xarakterli oshqozon og’rishi sabablari:
Gastrit— oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi. Gastritda og’riq sindromi doimiy va intensiv emas, shuningdek, har doim ovqat iste’mol qilish bilan bog’liq — ko’pincha noxush his-tuyg’ular «noto’g’ri» mahsulotlarni iste’mol qilgandan so’ng darhol paydo bo’ladi.
E’tibor bering: Gastritning o’tkir shakli epigastrik sohasida to’satdan yuzaga keladigan kuchli og’riq bilan ajralib turadi, og’riq tezda o’tib ketadi, lekin ovqatdan keyin har safar bezovta qilishi mumkin. Agar oshqozon shilliq qavatining yallig’lanish jarayoni surunkali bo’lsa, bemorda simillovchi og’riq, qorin damlanishi va bosimli kengayish hissi uyg’onadi.
Dispepsiya (asabiy oshqozon). Bunday holatdagi og’riq sindromi spastik xarakterga ega bo’ladi, u ko’ngil aynishi, ortiqcha to’yib qolganlik hissi va ishtaha yo’qolishi bilan birga kechadi. Og’riq me’daning anatomik joylashuvi hududida lokalizatsiyalanishiga qaramasdan, dispepsiyadagi «aybdor» me’da osti bezi hisoblanadi, shuning uchun eng kuchli ta’sirga ega bo’lgan spazmolitik ta’sirli og’riq qoldiruvchi ham kerakli effektni bermaydi.
Oshqozon yarasi. Bu holat odatda surunkali gastritning asorati sifatida rivojlanadi, shuning uchun oshqozon og’rig’i bemorga yaxshi tanish bo’ladi. Ammo oshqozon yarasi paydo bo’lganda, oshqozon og’rig’ining tabiati o’zgaradi — u qattiqroq, kuchli bo’ladi, ovqatdan keyin darhol yuzaga keladi.
Yaxshi sifatli o’smalar, jumladan poliplar. Shunisi e’tiborliki, bunday patologiyalar bemorning hayotiga tahdid solmaydi, ammo bemorlarda yetarlicha og’ir noqulayliklar kuzatiladi: ovqatlanish paytida (ovqat oshqozonga tushganida, o’smada joylashgan nerv oxirlari ta’sirlanadi), ko’p yeb yuborganda. Og’riqning tabiati — doimiy emas, simillovchi, tortuvchi, hatto oz miqdorda ovqat iste’mol qilganda ham oshqozon to’lgnaligi hissi bilan birga kechadi. Bemor ovqatdan keyin oshqozoni og’rishidan qo’rqib, ochlikka duchor bo’lib yuradi.
Tibbiyot shuningdek oshqozondagi fiziologik og’riqlarni ham tasniflaydi. Ular, albatta, turli xil a’zolar va tizimlar buzilishidan kelib chiqadi:
Virusli kasalliklar, shu jumladan angina va pnevmoniya. Odatda, bunday infektsion patologiyalarda oshqozon og’rig’i kasallikning faqat dastlabki uch kunida mavjud bo’lib, ular ko’ngil aynishi va diareya (ich ketishi) bilan birgalikda kechadi, og’riq tabiati simillovchi va nointensivdir.
Infektsion etiologiyali patologik jarayonlar— qovuqda, oshqozon osti bezi, o’t pufagida va oshqozon-ichak traktining boshqa a’zolarida. Bemor qorindagi og’riqni spastik, doimiy emas deb ta’riflaydi.
Ayrim ovqatlarga allergiya. Oshqozon og’rig’i allergen organizmga kirganda darhol paydo bo’lishi mumkin va u mahsulotni hazm qilish jarayoni tugamagunicha davom etadi. Sindromning tabiati o’zgaruvchan — spazmlardan tortib deyarli farqlab bo’lmaydigan og’riqlargacha.
Spastik xarakterli oshqozon og’rig’i ko’pincha stress, asabiy havotirlar, uzoq muddatli depressiyada namoyon bo’ladi. Oxirgi vaqtlarda shifokorlar alohida tur —oshqozondagi fobiyali og’riqniajratishmoqda, ular qo’rquv hissi bilan bog’liq, masalan yangi ish joyga o’rnashish, ko’plab tinglovchilar oldida nutq so’zlash va boshqalar.
E’tibor bering: umuman olganda, oshqozon og’rig’iga har qanday ichki kasallik sabab bo’lishi mumkin. Ammo ba’zi hollarda gap faqat og’riq sindromi irradiatsiyasi haqida boradi, masalan, gastrilagik miokard infarkti, o’t pufagi yallig’lanishi va hatto pielonefritd a.
Shifokorlar kechqurungi och oshqozon og’riqlariga alohida punkt sifatida qarashadi — bunday og’riq bo’sh oshqozonda ko’p miqdorda xlorid kislota hosil bo’lishidan kelib chiqadi.
Oshqozondagi och og’riqning sabablari quyidagicha:
A’zo devorlarida patogen bakteriyalarning mavjudligi;
Gastrinoma mavjudligi — bu oshqozon darvozasida joylashgan yaxshi sifatli o’sma bo’lib, mustaqil ravishda yuqori xlorid kislotali me’da shirasi ajratadi;
Ovqat qabul qilish tartibining muntazam ravishda buzilishi, tungi ko’p yeb yuborish;
Bosqichma-bosqich rivojlanayotgan yomon sifatli o’smalar — ularning o’sishi ayniqsa kechalari faol bo’ladi.
Oshqozon og’riganda o’tkaziladigan tekshiruvlar
Bemorning oshqozon og’rig’idan shikoyat qilishi biron bir tashxis qo’yish uchun asos bo’la olmaydi. Shifokor hatto kichik noqulaylik / og’riq hislarining haqiqiy sababini aniqlash uchun bir qator tekshiruvlarni bajarishi kerak. Oshqozon og’rig’iga oid tadqiqotlarga quyidagilar kiradi:
Bemorni so’roq qilish — bunda og’riqning tabiati, uning qanchalik tez-tez yuzaga kelishi va intensivligi, ovqatlanish bilan aloqasi mavjudligi va sindromning boshqa xususiyatlariga aniqlik kiritiladi;
Oshqozon va boshqa oshqozon-ichak trakti a’zolarining ultratovush tekshiruvi — bu o’smalar va to’qima tuzilishidagi patologik o’zgarishlarni aniqlash imkonini beradi;
Ezogastroduodenografiya — zond va miniatyurali videokamera bilan oshqozonni o’ziga xos o’rganish;
Kompyuterli tomografiya — barcha patologik o’zgarishlar tasniflanishi va farqlanishi mumkin.
E’tibor bering : tashxis qo’yish osonroq bo’lishi uchun bemor o’z ahvolini kuzatib borishi mumkin. Klinik tasvirni to’liq ta’riflab berish uchun bir hafta davomidagi kuzatishlar yetarli bo’ladi.
Nimalarga e’tibor berish kerak:
Oshqozon og’rig’i ko’pincha qachon yuzaga kelishi — ertalab och qoringa, darhol ovqat tanovulidan keyin yoki kechqurun;
Qaysi mahsulotlar noqulay his-tuyg’ularga olib keladi — bu masalan sut yoki yog’li go’sht bo’lishi mumkin;
Provokatsion omillar — chuqur nafas olish, aksirish, tananing noqulay holatida og’riq sezilarli darajada kuchayishi mumkin;
Og’riq bilan gipertermiya mavjudligi;
Sindrom xarakteri — tortuvchi, kesuvchi, simillovchi, spastik va boshqa og’riq turlari.
Oshqozon og’rig’ini davolash
Epigastral sohadagi spastik og’riqlarni spazmolitik ta’sirli og’riq qoldiruvchi preparatlar bilan bartaraf qilish mumkin, ammo bu favqulodda yordam bo’ladi. To’liq davo kursini bemorni tekshirgach va noqulay his-tuyg’ularni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlagach, faqat shifokor belgilay olishi mumkin.
Shifokorlar oshqozonda vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan og’riqda quyidagi parhezga rioya qilishni tavsiya qiladilar:
Yog’siz turdagi go’sht va sutga afzallik berish;
Taomnomadan marinadlangan, achchiq, nordon va sho’r taomlarni chiqarib tashlash — ular oshqozon devorlariga bezovta qiladigan ta’sir ko’rsatadi va hatto sog’lom odamlar ham qisqa muddatli spazmlarga olib duch kelishi mumkin;
Tunda ovqatdan bosh tortish va ochlik hissi juda kuchli bo’lsa, unda asal bilan bir stakan sut tanovul qilish.
Kuchli og’riqni «yumshoq» mahsulotlar bilan bartaraf qilish mumkin, misol uchun, sho’rva-pyurelar, bug’da pishirilgan go’shtli kotletalar, ezilgan bo’tqalar va sabzavot pyuresi iste’mol qilish.
O’z-o’zini mustaqil davolash qat’iyan man etiladi — epigastrik mintaqadagi og’riq sindromining sababi uzoqda joylashgan a’zoning patologiyasi bo’lishi mumkin, buni faqat shifokor instrumental tadqiqotlarni amalga oshirish orqali aniqlay oladi.
Agar oshqozon og’rishining sababchisi ilgari tashxislanib bo’lgan bo’lsa va hozirda surunkali yallig’lanishli / infektsion jarayon shunchaki o’tkirlashayotgan bo’lsa, unda quyidagi choralarni ko’rish mumkin:
Qat’iy parhezga rioya qilish va organizmga faqat «to’g’ri» mahsulotlar tushishini nazorat qilish;
Har kuni 300 ml dorixona moychechagi va yalpiz damlamasini uchta teng miqdorga bo’lib qabul qilish;
Chernikadan tayyorlangan choy ichish — kuniga to’rt marta 50 ml dan sovuq holda qabul qilinadi;
Oshqozonda og’riq kuchayishida kun davomida har 30 daqiqada bir choy qoshiqdan oddiy o’simlik moyi (optimal variant — zaytun moyi) ichish mumkin.
Diqqat qiling: turli intensivlikdagi oshqozon og’rishida spirtli ichimliklarni ichishdan saqlanish kerak, garchi ko’pchilik bemorlar spirtli ichimliklarni ichish yaxshi tinchlantiruvchi vositasi deb aytishsa ham. Bunda biroz yengillik kelishi mumkin, ammo bu juda qisqa muddatli ta’sir bo’ladi va bunday tartibsizlikning natijasini umuman taxmin qilish qiyin — alkogol oshoqozon shilliq qavatiga buzuvchi ta’sir ko’rsatadi.
Agar oshqozon og’rig’i juda tez-tez takrorlansa va har safar sindromni yo’qotish uchun ko’proq og’riq qoldiruvchi dori-darmonlar kerak bo’lsa, unda iloji boricha tezroq shifokorga ko’rinish kerak — bu holat faqat ma’lum jiddiy patologiyalarga xosdir.
Shoshilinch tibbiy yordam talab qiladigan oshqozon og’rig’i
Odatda bemorlar oshqozon og’riganda o’zlari mustaqil kurashishga harakat qilishadi va ba’zi holatlarda ularning harakati haqiqatdan ham naf beradi. Ammo sog’liqni saqlash xodimlari tomonidan darhol aralashuvni talab qiladigan bir qator patologiyalar mavjud. Ulardan biri yaraning teshilishidir — mavjud yara yuzasi joyida bo’shliq a’zo devorining yorilishi. Ushbu holat quyidagi alomatlar bilan kechadi:
Oshqozondagi og’riq — o’tkir, «xanjarli», to’satdan. Sindromning intensivligi shundayki, bemor oyoqlarini qorniga qattiq tortgan holda, chalqancha yotadigan holatga tushib qoladi.
Keskin umumiy zaiflik — ayrim hollarda bemorda idrok chalkashishi va hatto hushdan ketish qayd qilinadi.
Terlashning kuchayishi — bemorning peshonasi sovuq yopishqoq ter bilan qoplanadi, ter kaftda ham paydo bo’lishi mumkin.
Arterial qon bosimining keskin kamayishi va puls tezligining pasayishi — bu ichki qon ketishi tufayli kelib chiqadi.
Oshqozon og’rig’i quvonch keltirmaydi, ko’p hollarda simillovchi, «charchatadigan» xarakterga ega bo’lib, mutlaqo o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Og’riqdan qo’rqish kerak emas, shunchaki yordam olish uchun mutaxassisga murojaat qilish zarur — bu holatning sababini aniqlagach, shifokor samarali va malakali davolashni tayinlaydi.