Yer kurrasidagi har uchinchi kishi muntazam ravishda tishlarini g‘ichirlatadi. Bu kattalar va bolalarga birday bog‘liq jarayon. Ammo boshlang‘ich davrda unchalik e’tiborni tortmagan g‘ayritabiiy tovushlar bora-bora bolakayning ota-onasining asablarini yeb bitirishi hech gap emas. Ularning sababi gijjalar bo‘lsachi? Yoki u tishini shikastlab olsa nima bo‘ladi? Balki bu xavflidir?
Quyida bolalar tishlarini g‘ichirlatishiga oid sabablar bilan tanishtiramiz. Aytishimiz shart: tinchlaning, faqat tinchlaning.
Tishlarning beixtiyoriy g‘ichirlashi tibbiyot sohasida bruksizm deb ataladi (qadimgi yunon tilidan «tishning g‘arch-g‘urchi» ma’nosini beradi). Bolalardagi bruksizm xurujlari aksariyat hollarda uyqu vaqtida ro‘y beradi — uning chuqur davrida — yoki qattiq xavotirlanishlar paytida.
Bolalarni jag‘ suyagini g‘ichirlatishga majbur qiluvchi aniq sabablar hanuz ekspertlar uchun noma’lum bo‘lib qolmoqda. Biroq ba’zi o‘zaro aloqalar aniqlanishiga erishilgan. Shunday qilib, chaynash muskulaturasining ixtiyorsiz qisqarishi ko‘p hollarda quyidagi omillar bilan bog‘liqdir.
Bolaning sut yoki doimiy tishlari chiqyapti
Tishlarning yorib chiqishi yetarli darajada og‘riqli jarayondir. Bu vaqtda milklar qichishadi va bolakay o‘zidagi yoqimsiz sezgini bosish uchun ongsiz ravishda jag‘ini qisadi.
Notekis tishlam sababli
Tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi va buning natijasida jag‘lar jipslashmasligi kuzatiladi. Noqulaylik tug‘ilgandan so‘ng bola tishlar bir-biriga xalaqit bermaydigan holatni topish uchun jag‘larini har tomonga qiyshaytirishni boshlaydi.
Jag‘ uchun bosim yetishmasligi
Bu vaziyat bir yarim yoshdan oshgan va qandaydir sabab bilan yetarli darajada qattiq ovqat qabul qilmaydigan bolalar orasida keng tarqalgan. Masalan, ona bola uchun sut yetarli deb o‘ylaydi.
Bir necha kun davomida jag‘ suyaklari kerakli yuklamani qabul qilmaydi va organizm tuni bilan buning o‘rnini qoplashga uringani uchun jag‘ mushaklarini qisqarishga majbur etadi. Tish g‘ichirlashi esa ushbu jarayonning keyingi ko‘rinishidir.
Bola stressni boshdan kechiryapti
Asabiy zo‘riqishlar chaynash muskulaturasining gipertonusiga sabab bo‘lishi mumkin. Bola kun davomida yuz mushaklari harakatini nazorat qiladi. Ammo tunda kuzatish susayadi va jag‘lar o‘z ma’nosida tomir tortishishiga uchraydi.
Stress boshlanishi har bir bolada o‘ziga xosdir. Ba’zi bolalar uchun ota-onasi yoki tug‘ishganlari bilan bo‘lgan arzimas tortishuv ham tunda tushkunlik bilan tishlarni g‘ichirlatib chiqishga yetarli omil bo‘ladi.
Tishini g‘ichirlatayotgan bola shu tobda hissiy bosim o‘tkazuvchi tush ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin.
Shuningdek, bruksizm o‘ta faol bolalarda ko‘p uchraydi.
Bolaning tobi qochgan
Davriy allergiya va yuqori nafas olish yo‘llari infeksiyalari — ORVI, gripp, angina — burun bitishiga olib keladi. Bola og‘izdan nafas olishga majbur ya’ni jag‘ini ochib-yumib turadi. Yopish holatida ba’zida jag‘ni juda qattiq siqadi, tishlar g‘ichirlab ketadi.
Bundan tashqari, otitdan aziyat chekuvchi bolalarda bruksizm quloq kanallaridagi og‘riq hissini kamaytirishga urinish bo‘lishi mumkin.
Yo‘q, bu gijja alomati emas!
Tishlarni g‘ichirlatishga organizmdagi qandaydir parazit infeksiyalar bevosita bog‘liqdir degan taxminni miyangizdan butunlay chiqarib tashlang. Bu uydirma: hali birorta ilmiy tadqiqot gelmintlar bruksizmga turtki bo‘lishini tasdiqlamagan.
Aksariyat hollarda — hech nima. Bolalar 7-8 yoshga yetishlari bilan xavfsiz va mutlaqo asoratlarsiz tishlar g‘ichirlatish davridan o‘tib ketadilar.
Ammo ba’zi bolalarda bruksizm o‘zining keyingi yoqimsiz ta’sirlarini ko‘rsatadi:
Agar bu holat sizga tanish bo‘lsa, pediatr yoki stomatolog bilan maslahatlashing. Shifokor bruksizm kelib chiqishining nisbatan asosliroq omilini topishga yordam beradi. Agar bu holat tishlar joylashuvi yoki tishlamdagi qichishishlar bilan aloqador bo‘lsa, stomatolog ushbu muammoni to‘g‘rilaydi. Masalan, uyqu davomida bolaning og‘iz bo‘shlig‘iga o‘rnatiluvchi maxsus himoya qiluvchi qoplama tavsiya qilishi mumkin.
Agar bola stresslar yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida tishlarini g‘ichirlatayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevrolog yordamiga zarurat tug‘iladi. Bu juda muhim. Stress davom etaversa, bruksizm o‘tib ketmaydi. Mutaxassis yordamisiz bu davr ba’zida o‘n yillarga cho‘zilishi kuzatiladi.