● qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos.
Mladinani aytishicha, yuqoridagi klassifikasiya barcha mamlakatlar aholisining millati va irqidan qat’iy nazar ularda yuzaga kelishi mumkin. Qiyshiqlik burunning hamma sohalarida uchrashi mumkin, lekin burun to‘sig‘ining orqa qismlarida kamroq uchraydi. Shu o‘rinda ta’kidalab o‘tish lozimki, burun qiyshiqligi dunyo aholisining 80 85% ida uchraydi, lekin ularning salkam yarmini bu holat hech bezovta qilmaydi. Gohida burun qiyshiqligi singanga o‘xshab, ya’ni burun to‘sig‘ini pastki qismiga nisbatan yuqori qismi burchak ostida egilgan bo‘ladi. Bolalarda burun to‘sig‘i qiyshiqligi kam uchraydi. Burun to‘sig‘i 5 7 yoshdan boshlab 20 yoshgacha o‘sishi mumkin. Shu yoshning har xil davrlarida qiyshiqlik rivojlanishi mumkin. Burun to‘sig‘I qiyshiqligining kelib chiqishiga sabab burun to‘sig‘i tog‘ayini notekis o‘sishidan va uning suyak «romi»ga to‘g‘ri kelmasligi bilan tushuntiriladi. Bu paytda suyak sekin o‘sadi, tog‘ay esa suyakka nusbatan tez o‘sadi. Burun to‘sig‘ining qiyshayishini yana bir sabablaridan biri bu tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrdagi travmalar hisoblanadi. Bunda asosan tog‘ayning sinishi bilan namoyon bo‘ladi.
Burun to‘sig‘i qiyshiqligi nafas olish faoliyatini qiyinlashuviga va nafas olishni pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida burun chig‘anoqlarida qonni dimlanishiga, u esa to‘qimani shishiga sabab bo‘ladi. Burundagi bu kabi jiddiy o‘zgarishlar oqibatida burunda va burun yondosh bo‘shliqlarida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, burun chig‘anoqlari gipertrofiyasi, burun poliplari, sinusitlar. Kasallikning klinik kechuvi 2 xil yo‘nalishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuni esda tutish kerakki, ba’zan burun to‘sig‘i qiyshiqligi bemorni umuman bezovta qilmaydi, chunki havo oqimi qiyshaygan maydonning osti yoki ustidan o‘taverdi. Shuning uchun bemor burun orqali nafas olishi qiyinlashishiga shikoyat qilmaydi. Demak, bemorning nafas oluvidan qiynalmasligi, lekin boshqa shikoyatlarining mavjudligi jarrohlik amalini bajarishga ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, bunda vrach ko‘rigidan tashqari maxsus usullar orqali tekshiruvlar ham o‘tqaziladi. Hamda qiyshiqlik qayerda, qanday burchakda, qaysi sohada joylashganligi haqida informatsiya olish kerak bo‘ladi. Bunday yuqori ma’lumotlarni beruvchi usul har xil burchakli endoskop yordamida ko‘rish usulidir.
Burun to‘sig‘ini davolash faqatgina jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Hozirda burun to‘sig‘ida bajariladigan jarrohlik usullarini umumiy qilib «septoplastika» deb ataladi.