Windows tizimida skrinshot olish usullari
Windows tizimida skrinshot olish usullari(bir necha vaiantlarda)
Skrinshot bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko’risnihidagi nusxasini olish. Bu qanday amalga oshirishini ko’pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma’lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko’pchilik bilmaydi, bilsa ham ishlatmaydi, maslahatim faqat o’rganib yurmang, amalda ham ishlating.
Xullas, skrinshot mavzusini to’liq beraman va mavzuga boshqa qaytmaymiz.
1. Demak ekranni to’liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy(Paint, Word, Telegram)ga CTRL + V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.
2. Ekranni to’liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT + PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana usha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.
3. Ekranni hohlagan joyini nusxasini olish(Windows 10’da tekshirildi).
Win + Shift + S tugmalari bosiladi va kerakli soha(joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohani yaxshi ishlar uchun foydalanish mumkin).
4. Shu ishlar uchun va qo’shimcha imkoniyatlar uchun Screenshoter (https://t.me/planetaitsoft/42) dasturidan ham foydalanish mumkin.