Erkak va ayol: farqlar nimada? 16+
Erkaklar mantiqqa tayanib, ayollar esa ko‘ngliga quloq solib ish tutishining sababi bor ekan. Bolalikda bu farq deyarli bilinmasa, katta bo‘lganda aniq namoyon bo‘lar ekan. Erkak va ayolning nafaqat o‘zlarini tutishi har xil, balki ularning fikrlashi ham tubdan farq qilar ekan.
Pensilvaniya universtitetining tadqiqotlariga ko‘ra, erkak va ayolning fikrlashi va harakatining tubdan farq qilishi ularning miyasidagi fiziologik jihatlardan kelib chiqadi.
Demak:
✔ Erkaklar bir manzilni xarita yoki aniq manzilga qarab, ayollar esa yo‘ldagi narsalarni eslab izlaydi;
✔ Erkaklar buyum va muammolarni tahlil qiladi, ayollar uyg‘unlashtiradi;
✔ Erkaklar jismonan egiluvchan emas, ayollar juda egiluvchan bo‘ladi;
✔Ayollar bir nechta vazifani bir vaqtning o‘zida erkaklarga nisbatan yaxshiroq bajaradi;
✔ Ayollarni bosh og‘rig‘i ko‘proq bezovta qilsa, parkinson kasalligi ko‘proq erkaklarda uchrar ekan;
✔ Ayollarning miyasi erkaklarnikiga nisbatan oldinroq qariydi;
✔ Ayollarda ikki yarimmiya orasidagi bog‘liqlik kuchli bo‘lsa, erkaklarda yarimmiyaning ichidagi bog‘liqlik kuchli ekan. Natijada erkaklarda ma’lumotni qabul qilish bilan faoliyat ko‘rsatishda uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, ayollarda ma’lumotni qabul qilishda tahlil va hissiyotlar uzviy bog‘liqlikda kelar ekan.
✔ Erkaklar ko‘rib eshitayotgan faktlarga tayansa, ayollar ichki hissiyotlariga tayanadilar.
✔ Ayollarning ism va yuzlarga bo‘lgan xotirasi erkaklarnikiga nisbatan kuchliroq;
✔ Erkaklarning fikrlash va faoliyat tezligi ayollarnikiga nisbatan tezroq.
psixolog Sarvinisso Kamolova tayyorladi
pmt.uz