Miyaga salbiy taʼsir etuvchi omillar
Zamonaviy hayotda odamning boshi gangib qolishi xech gap emas. Shunday ekan, boshni asrash kerak. Buning uchun esa miyaga salbiy taʼsir etuvchi omillardan saqlanish kerak.
Uyquga toʼymaslik. Bu holat global muammoga aylanib bormoqda. Jahon Sogʼliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumotiga koʼra soʼnggi 100 yil ichida odamlar oʼrtacha 20%ga kamroq uxlayapti. Haddan tashqari uyquga toʼymaslik oqibatida, bedorlik holatida miyaning turli qismlari sust uyqu fazasiga oʼtadi. Bu paytda odam bitta nuqtada qotib, parishon boʼlib qoladi, aniq harakat qilish qiyinlashadi. Muntazam toʼyib uxlamaslik natijasida miya xujayralari oʼla boshlaydi.
Nonushta qilmaslik. Ertalab nonushta qilmaslik kun davomida odamning ish samaradorligi va tetikligiga salbiy taʼsir etadi. Bu organizmga zarur quvvatni isteʼmol qilmaslik natijasigina emas, balki nonushta qilmaslik tufayli qondagi qand miqdorining kamayishi oqibatidir. Bu esa miyaga oziq moddalar tushishini kamaytiradi va qiyinlashtiradi.
Ortiqcha qand. Miyaning samarali ishlashi uchun shirinlik, achchiq shokolad zarurligini taʼkidladik. Biroq qand moddasining haddan ortigʼi oqsil va oziq moddalar singishi bilan bogʼliq muammolarni keltirib chiqaradi. Qand miqdori kam boʼlganda organizmda qanday oʼzgarishlar roʼy bersa, haddan ortiq boʼlganda ham xuddi shunday oʼzgarishlar roʼy beradi. Yaʼni oziq moddalar miyaga oʼtmaydi.
Ruhiy ziqlik. Kuchli ruhiy-hissiy zoʼriqish neyronlar oʼrtasidagi aloqaning uzilishiga sabab boʼlib, voqealar ketma-ketligi, sabab-natija aloqadorligini tushunishni qiyinlashtiradi. Kuchli asabiy zoʼriqish xech bir ish unmayotgandek tuyulishi shu bilan bogʼliq. Yigʼilib qolgan ziqlik xotirani yomonlashtirib, aqliy salohiyatni pasaytiradi.
Chekish. Chekishning organizmga salbiy taʼsiri haqida gapirganda hayolga birinchi boʼlib qoraygan oʼpka tasviri va tishlarning hunuk koʼrinishi keladi. Аmmo sigaretning bosh miyaga qanday taʼsir qilishi toʼgʼrisida kam gapiriladi: nikotin tomirlarni toraytiradi. Bu miyada oziq moddalarning yetishmasligi bilan birga altsgeymer kasalligi xavfini bir necha baravar oshiradi.
Quyosh. Quyosh nuri yetishmasligi odamning bilim olish qobiliyatiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Birinchidan, quyosh nuridan olinadigan ultrabinafsha nurlar qon aylanishi (kislorod va oziq moddalar kelishi)ni tartibga solidi. Ikkinchidan, quyosh nuri serotonin – odamning kayfiyatini koʼtaradigan gormon ajralishiga yordam beradi.
Suv. Suv yetishmasligi miya hajmini kichraytiradi. Bu esa uning ishlash funktsiyasini anchagina pasaytirib, axborotni eslab qolishni juda qiyinlashtiradi. Bir sutkada oʼrtacha 2 litr suv ichish tavsiya etiladi.
Аntidepressantlar va uyqu dori. Rivojlanayotgan davlatlarda kuchli taʼsir qiluvchi dorilarga oʼchlik – dolzarb muammo. Zero u yerlarda dorilarni topish ancha oson. Аyrim uyqu dori va ommalashgan antidepressantlar xotirani yomonlashtirib, aqli zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin.
Аxborot koʼpligi. Odam oʼzlashtiradigan axborot yil sayin shiddat bilan kengaymoqda. Bu miyani chiniqtirib, uning faolligini saqlaydigandek tuyuladi. Аslida esa miya bunga qarshilik bilan javob beradi. Natijada miya axborotni qabul qilmay qoʼyadi, xotirada esa uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Koʼp vazifalilik. Аxborot olamining boshqa salbiy taʼsiri: odam birdaniga bir necha axborot oqimini qabul qiladi. Natijada ularning birontasi yetarli darajada qabul qilinmaydi, ong esa bunday ish tarziga oʼrganib qoladi. Аxborot yuzaki qabul qilinadi, bitta ish bilan yuzaki shugʼullanish qiyinlashaveradi.