Soch to’kilishi aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi, harakatsiz o’tirib bajariladigan ish bilan shug’ullanuvchilar orasida ko’p uchraydi. Ochiq havoda natural ozuqa iste’mol qiladigan oddiy insonlar orasida soch to’kilishi kamdan-kam uchraydi. Aqliy energiyani ko’p sarflash soch to’kilishiga sabab bo’ladi, degan taxminlar ham ko’p. albatta, soch yo’qligi boshdagi aql ko’p yoki kamligiga hech qanday aloqasi yo’q. sochi yo’q odamlar sog’liqlarida muammo bor, ko’proq ular o’tirib bajariladigan ish bilan mashg’ul, ular ichki sekretsiya bezlarining ishi buzilgan. Kuchanish va stresslar shunday kasalliklariga duchor qiladiki, natijada soch to’kiladi.
Biz yana shunga amin bo’ldikki, sun’iy ravishda isitiladigan va sovutiladigan xonalarda ishlovchi xizmatchilarning sochlari tez to’kiladi.
Sochlar va bosh terisiga oftob nuri, toza havo zarur. Xonalar sun’iy yoritilsa, havo konditsioner yordamida yangilansa, bunday xonalarda mehnat qiluvchi xodimlar, juda bo’lmasa tushlik vaqtida ochiq havoda, quyosh nurlari ko’p joyda vaqt o’tkazishlari maqsadga muvofiq.
Soch to’kilishini sabablaridan biri tor bosh kiyimi, desak, yolg’on bo’lmaydi. Chunki tor bosh kiyimi boshdagi qon tomirlarni ezib, qon yurishini keskin kamaytiradi. Bosh kiyimlarning 98%i qon tomirlarni ezishi aniqlangan. Aytish kerakki, bosh kiyim tagidagi sochlargina to’kiladi. Tashqarisida sochlar kamdan-kam to’kiladi.
Shuning uchun bosh kiyim kiyadiganlar bosh terisini kuniga ikki mahal uqalab turishlari zarur.
Ba’zi erkak va ayollar kiyadigan shlyapalar chetlari boshni siqib, havo o’tkazmaydi, bosh terisini terlatadi va infektsiyaga qo’l ochadi. Basseyinlarda cho’milish vaqtida kiyiladigan qalpoqchalar haqida ham shuni aytish mumkin.
Ko’pchilik sochi to’kila boshlaganidan keyingina bunga qarshi choralar axtarib qolishadi. Bolalik davridayoq bu muammo haqida tushintirib boorish zarur, ularni tabiiy hayot dasturiga rioya qilishni o’rgatish kerak.