Gemangioma nima?
GЕMANGIOMA – qon tomirlarining yaxshi sifatli o‘sma kasalligi xisoblanib, bir qator xolatlarda jarayonga qo‘shni to‘qimalar: muskul yoki nerv to‘qimasi, teri osti yog‘ kletchatkasi yoki jigar xujayralari qo‘shilishi bilan kechadi. Eslatib o‘tamiz, gemangioma faol o‘sish davrida keskin kattalashishiga qaramay yomon sifatli o‘sma (rak) emas.
Gemangiomani joylashuvi
Ko‘p xolatlarda (ayniqsa bolalarda) gemangioma teri ustida: yuzda yoki bo‘yinda joylashadi. Bu xolatlarda kapillyarlar o‘smasi xaqida gapiriladi.Bu o‘smalar tug‘ma dog‘, kichikroq xol, yirik o‘lchamdagi pushti yoki qizil rangdagi teridan sezilarli darajada bo‘rtib turuvchi o‘smasimon xosilalar ko‘rinishini olishi mumkin. Teri gemangiomalari xech qanday og‘riq sindromi bermaydi, balki ko‘proq kosmetik noqulayliklar tug‘dirishi mumkin.
Teri ostida joylashadigan chuqur gemangiomalarni aniqlash qiyin xisoblanadi. Ular ko‘kimtir rangda bo‘lib, lat yeyishdan keyin qolgan asoratni eslatadi.
Gemangiomalarni tug‘ma xol va kandilloma (so‘gal) bilan qiyosiy tashxislanadi. Gemangiomaning asosiy xususiyati faol davrida tez o‘sishi xisoblanadi. Boshqa o‘smalardan farqli ravishda gemangioma yomon sifatli turga o‘tmaydi.
Eng murakkab xolat – bu ichki a’zolar gemangiomasi xisoblanadi.
Ichki a’zolar gemangiomasi ichida eng ko‘pi – jigar gemangimasi xisoblanib, kamroq, muskullarda va suyak to‘qimasida joylashishi mumkin. Ichki a’zolar gemangiomasi yillar davomida simptomlarsiz kechadi va tasodifiy tibbiy ko‘riklarda aniqlanishi mumkin.
Gemangioma sabablari
Gemangioma sabablari yetarlicha o‘rganilmagan. Irsiyat, turli kasalliklar (gepatit), tashqi omillar (quyosh nurida uzoq yurish) xam gemangiomani keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Gemangioma tug‘ma xam, katta yoshdagi odamda birlamchi xam bo‘lishi mumkin.
Gemangiomani davolash
Gemangiomalar to‘liq o‘sish va rivojlanish sikli bilan farqlanadi, ya’ni paydo bo‘lishi, o‘sishi va mustaqil yo‘qolishi xam mumkin. Muammo shundaki gemangiomalarning yo‘qolish davri uzoqqa (xatto yillarga) cho‘zilishi mumkin.
Agar o‘sma normal xayot faoliyatiga xalaqit bersa va yoki kosmetik jixatdan defekt ko‘rinishini olsa – gemangiomani jarroxlik usulida davolash xaqida o‘ylab ko‘rish mumkin. Xozirda buning kam travmatik va effektiv usullari mavjud.

Gemangiomani davolashning zamonaviy texnologik usullari xam mavjud. Eng effektiv usul – zararlangan qon tomirlarni lazer bilan koagulyatsiya qilish xisoblanadi. Xozirda teri usti gemangiomalarini jarroxlik yo‘li bilan olib tashlash deyarli qo‘llanilmayapti. Lazer tezroq ta’sir etadi, retsidiv (qaytalanish) xavfini kamaytiradi, chandiqlar qoldirmaydi.

Bolalardagi gemangiomalarni davolashga aloxida e’tibor qaratiladi. 5-10 yoshga kelib bunday xosilalar mustaqil yo‘qolishi mumkin. Shu sababli davolash katta o‘lchamli gemangiomalarda va ichki a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir etganda qo‘llanadi. Ichki a’zolar gemangiomasida jarroxlik usulidan rezeksiya qo‘llaniladi. Jigar yoki yirik qon tomirlar gemangiomasi qon oqimiga xalaqit berishi mumkinligini xisobga olib, tashrixga ko‘rsatma bo‘lishi mumkin.
Qanday xatar mavjud?
Gemangiomalar aslida xavfsiz xisoblanadi: ular metastaz bermaydi, xujayralar xotirasiga rak kabi o‘zgartiruvchi ta’sir etmaydi. Asoratlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• Yaqin turgan a’zolar faoliyatini chegaralanishi.
Gemangiomalarning noqulay joylashuvida yoki kuchli o‘sishida qo‘shni a’zolar faoliyatini buzishi mumkin. Ayniqsa bu chaqaloqlar gemangiomasida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin, ya’ni gemangiomalar bolaning normal nafas olishiga xalaqit berishi, sezgi organlari rivojlanishiga xalaqit berishi (masalan qovoq soxasida joylashsa) mumkin. Yirik vena yoki arteriya qon tomirlari bo‘ylab joylashgan gemangiomalar ularning to‘silishi yoki elastikligini buzilishi natijasida qon oqimiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
• Infeksiya tushishi.
Teri osti gemangiomalari juda nozik bo‘lib, oson ta’sirlanishi va shikastlanishi mumkin. Bu ularga infeksiya tushishiga sabab bo‘ladi. Ayrim surunkali kasalliklarda (masalan qandli diabetda) yaralarning uzoq bitmasligi va qo‘shni to‘qimalarga xam o‘tib ketishini kuzatish mumkin.
• Qon ivishining pasayib ketishi.
Yirik gemangiomalar organizmning javob reaksiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Anomaliyani to‘g‘ri farqlay bilmasligi natijasida qon yaratish tizimi o‘smaga qarshi oddiy qon tomirlarini zararlanishiga qarshi kurashgani kabi reaksiya bildiradi. Ya’ni ko‘p miqdorda zararlanish soxasiga trombotsitlarni jalb qilib, ularni meyoridan ortiqcha sarflanishiga va natijada qonda trobotsitlarni kamayishi – trombotsitopeniya xolatiga sabab bo‘ladi. Bu qon ivishini pasayib ketishiga va qon ketishlarga olib keladi.
• Ichki qon ketish.
Katta o‘lchamdagi gemangiomalarning yorilishi xavfi yuqori bo‘lib, ko‘p miqdordagi qon ketishi bilan xarakterlanishi mumkin. Bu xolat tezkor jarroxlik aralashuvi qo‘llanishiga ko‘rsatma bo‘ladi. Kasallik oqibati (prognozi) gemangiomaning o‘lchami va joylashuviga bog‘liq bo‘ladi.
Mutaxassisga murojaat qilganda o‘z xolatingizni batafsil yoritishga xarakat qiling: o‘smaning qachon, qaysi xolatda namoyon bo‘lgani, qancha yildan beriga mavjudligi, tanada yana shu kabi o‘smasimon xosilalarning bor yo‘qligi aytilishi shart. Barcha ma’lumotlar to‘g‘ri tashxis qo‘yish va effektiv davo usulini tanlashga imkon yaratadi.
© www.gepamed.uz